So’nggi yangiliklar

21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  3 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  0 20:18"Ғазалкент" 13 нафар футболчи билан шартнома тузилганини эълон қилди, улар орасида Ўзбекистон U-18 терма жамоаси аъзоси ҳам бор  1 20:04Анвар Ғофуров: "Чемпионликни муносиб ҳимоя қилиш учун барча куч ва маҳоратимизни ишга солишга тайёрмиз"  3 19:40Слот: "Янги футболчиларга қилинган барча харажатлар ҳам самарали бўлмади"  3 19:14Артета "Астон Вилла" билан ўйин олдидан: "Бизни ҳақиқатан жуда қийин ўйин кутмоқда"  13 18:51Эрон чемпионати. "Трактор" ўз уйида "Малаван" билан муроса кўчасини танлади, Ҳамробеков 71 дақиқа ўйнади  1 18:20Мундиал тарихи. Қуръа ташлаган 5 ёшли болакай, иримчи дарвозабон ва ялангоёқ тўпурар, шортиги тушиб кетган Меацца ҳамда пойабзал қутисида сақланган кубок ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:55Кварацхелия — Грузияда бешинчи бор йилнинг энг яхши футболчиси  4 17:29Расман: "Қўқон-1912" "Бухоро" ҳужумчиси трансферини эълон қилди  15 16:57Салоҳ учун эҳтимолий клублар маълум: "Ливерпуль" юлдузи Африка Кубогидан кейин қаерга йўл олади?  1 16:25"Барселона"да навбатдаги можаро: клуб президенти фирибгарликда гумонланмоқда  22 15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  3 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  2 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  5

Anvar G'ofurov: "Chempionlikni munosib himoya qilish uchun barcha kuch va mahoratimizni ishga solishga tayyormiz" Yangiliklar

Anvar G'ofurov: "Chempionlikni munosib himoya qilish uchun barcha kuch va mahoratimizni ishga solishga tayyormiz"

"Neftchi" himoyachisi Anvar G'ofurov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Ortda qolgan mavsum haqida fikrlaringiz...

Ortda qolgan futbol mavsumi biz uchun juda katta masuliyatli bo'lgani bilan bir qatorda bizga katta quvonch bag'ishladi. 

- Bu mavsumda siz uchun esda qolarli va eng og'ir kechgan o'yinlarni aytib bera olasizmi?

Esda qolarli o'yinlarimiz ko'p bo'ldi. Jumladan, "Dinamo", "Nasaf" va "Qizilqum"ga qarshi o'tkazgan so'nggi o'yinimiz ajoyib tarzda kechdi. Ushbu bellashuvlarda qozonilgan g'alabalardan jamoamiz azolari o'zgacha zavq olishdi. Ammo mavsum davomida bizni ranjitgan uchrashuvlar esa "Paxtakor" jamoasiga qarshi o'tkazgan bahslarga to'g'ri keladi, chunki o'z maydonimizda ham, safardagi uchrashuvda ham imkoniyatni toshkentliklarga boy berdik.

- Siz Superligada chempion bo'lishimizga ishonganmidingiz? Chempionlikni qo'lga kiritganingizdan keyingi ilk his-tuyg'ularni qanday so'zlar bilan izohlaysiz?

- Ha, biz Superligada chempion bo'lishimizga to'la ishonch hosil qilgan edik va chempionlikni qo'lga kiritganimizdan so'ng xayolimga kelgan dastlabki fikrim, yil boshida oldimizga qo'yilgan yuksak maqsad va vazifalarni sharaf bilan bajardik. 

- Sevimli jamoamizning jonkuyar muxlislari haqida fikringiz qanday? Sizningcha, "Neftchi" muxlislari boshqa jamoa muxlislaridan ajralib turadigan jihatlari nimada? 

- Jonkuyar va ashaddiy muxlislarimiz bu yil har yilgidanda ko'ra bizga juda katta dalda bo'lishdi. Boshqa jamoa muxlislaridan ajralib turadigan jihatlaridan biri, olis masofaga qaramay barcha safar uchrashuvlarimizda muxlislarimiz bizga 12-o'yinchi vazifasini alo darajada bajarib kelishganlari bo'ldi.

- Mavsum davomida sizni eng ko'p ruhlantirgan gol yoki epizod qaysi bo'ldi? 

- Yovan Jokichning uchrashuvning so'nggi daqiqalarida "Qo'qon-1912" darvozasiga urgan goli va Abror Ismoilovning "Andijon"ga urgan goli meni juda ruhlantirdi desam, aslo mubolag'a bo'lmaydi. 

- Yangi mavsum oldidan qanday fikrdasiz? Muxlislarga aytar so'zingiz...

- Yangi mavsum boshlanmasdan turib katta xis-hayajonni sezmoqdamiz. Shu bilan birga, kelasi mavsumda hamma jamoalarga omad tilayman. Biz esa chempionlikni munosib himoya qilish uchun barcha kuch va mahoratimizni ishga solishga tayyormiz. Sevimli jamoamizning futbolsevar va jonkuyar muxlislarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman!

Reyting: +1   

Fikrlar

   
30 dek 21:29:26
leva8989
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Menimcha agarda Viloyat Hokimi hakamlar bilan ozaro til biriktirmaganida edi CHempionlikni faqat tushlaringizda korardingiz balkimda
Hokim nima qilsin boree deb tashlab qo'yishi kerakmidi,hakamlar qaysi o'yinda Neftchiga yon bosdi? Isboting bormi? Erkak bo'lib tan olishni o'rgan.Neftchi 6karra chempion.Muzdek suvga o'tirib olsang hammasi yaxshi bo'p ketadi ukaxon
   
30 dek 21:17:10
Akbar Umarov
Menimcha agarda Viloyat Hokimi hakamlar bilan ozaro til biriktirmaganida edi CHempionlikni faqat tushlaringizda korardingiz balkimda
   
30 dek 20:54:01
Odiljon
Lekin Anjon xam zor transferlar qilyapti faqat chollar .anovi Arra rosa pul ishllaydi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика