Rasman: "Metallurg" rahbariyatida o'zgarish bo'ldi
11 dek 2024 20:21
Yangiliklar
Rasman: "Metallurg" rahbariyatida o'zgarish bo'ldi
Biroz avval saytimiz orqali Bekobodning "Metallurg" klubi rahbariyatida o'zgarish bo'lgani haqida xabar bergan edik.
Eshitdik-da! "Metallurg" rahbariyatida istefo ro'y berdi
Klub matbuot xizmati mazkur masala yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Bugun "Metallurg" PFK qoshidagi futbol akademiyasi anjumanlari zalida klubning kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Klub bosh direktori vazifasini bajarib kelgan SHavkat Saidov sog'lig'i bois o'z xohishiga ko'ra lavozimidan ozod etildi.
Klub boshqaruvi "Metallurg" FA direktori lavozimi orqali futbol jamoatchiligiga yaxshi tanish bo'lgan O'zbekiston metallurgiya kombinati AJ boshqaruvi raisi o'rinbosari SHaripov Akmal Mamatovich zimmasiga yuklatildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar