Shavkat Yusupov: "Maxarram Abelfazov etakchilik qobiliyatini ko'rsata olyapti"
04 okt 20:23
Yangiliklar


Shavkat Yusupov: "Maxarram Abelfazov etakchilik qobiliyatini ko'rsata olyapti"
O'yindan so'ng "FarDU" bosh murabbiyi Shavkat Yusupov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Qo'lga kiritilgan g'alaba bilan "FarDU" klubimiz rahbariyati hamda muxlislarni tabriklayman. Bugun iroda ko'rsatishgani uchun futbolchilarimizga ham rahmat. 0:1 hisobida ortda borayotib uchta gol urib vaziyatni ancha yaxshilab oldik. Keyinchalik yana to'p o'tkazib yuborgan bo'lsak-da, 3:2ni saqlab qola oldik va navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritdik.
- Bugun yosh futbolchi Maxarram Abelfazov ikkita gol urib jamoa g'alabasiga hissa qo'shdi. Shu haqda fikringiz?
- Maxarram Abelfazovni transfer oynasi paytida "Cementchi"dan olgandik. U tezda jamoamizga kirishib ketdi va har o'yinda yordam berib kelyapti. Harakatlari chakki emas, o'z etakchilik qobiliyatini namoyon eta olyapti. Samandar O'rinboev ikkalasi yaxshi tandem hosil qilgan. Qolgan futbolchilar ham birdam bo'lib harakat qilmoqda, yo'qsa bu g'alabalar bo'lmasdi.
- Keyingi rejalar haqida?
- FIFA kunlari sabab qisqa tatil beramiz. Shundan keyin yana yig'ilib 18 oktyabr kuni bo'ladigan "Lokomotiv" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Orada bitta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni maqsad qilganmiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar