So’nggi yangiliklar

21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  4 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  147 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  6 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  34 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  19 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  8 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  28 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6

Shavkat Mirziyoev Yangi Toshkentda barpo etiladigan 55 ming o'rinli stadion qurilishiga tamal toshi qo'ydi Yangiliklar

Shavkat Mirziyoev Yangi Toshkentda barpo etiladigan 55 ming o'rinli stadion qurilishiga tamal toshi qo'ydi

Prezident Shavkat Mirziyoev 11 noyabr kuni Yangi Toshkentda yirik sport inshooti – zamonaviy futbol stadioni qurilishiga tamal toshi qo'yish marosimida ishtirok etdi.

So'nggi besh yilda mamlakatimiz futbol sohasida tub burilish davri bo'ldi. Jumladan, mahalliy chempionatlar tizimi isloh qilinib, bolalar va o'smirlar akademiyalari tashkil etildi, hududlarda 75 ta katta va 302 ta mini stadion faoliyat ko'rsatmoqda.

Malumki, 2017 yilda yurtimizda FIFA va Osiyo futbol konfederaciyasi talablariga javob beradigan maydonlarning soni atigi 3 ta bo'lgan. Bugun ularning soni 10 tadan oshdi.

Yaqinda Yuqori Chirchiq tumanida zamonaviy Milliy futbol markazi qurib bitkazildi. Futbol maktablarida 65 mingdan ortiq yoshlar mashg'ulotlar o'tkazmoqda. Ushbu maktablarga jahonning nufuzli futbol klublaridan trenerlar, sport tibbiyoti va farmakologiyasi bo'yicha malakali mutaxassislar jalb qilingan.

Futbolchilarni mahalladan boshlab selekciya qiladigan tizim yaratildi. Bunga alohida imtiyozlar joriy qilinib, 9 mingdan ziyod mahallaning 70 foizida futbol uchun mini maydonchalar tashkil etildi.

Shuningdek, 1,5 mingta maktabning futbol stadionlari tamirlanib, 1 milliondan ziyod o'quvchi va mahalla yoshlari qamrab olindi. Yoshlar o'rtasida mahalla, tuman, viloyat va respublika turnirlarini ananaviy o'tkazish yo'lga qo'yildi.

Musobaqalarda o'zini ko'rsatgan iqtidorli yoshlar futbol maktablariga to'g'ridan-to'g'ri qabul qilinmoqda.

Bu say-harakatlar o'z natijasini bera boshladi.

– Futbol bo'yicha olimpiya terma jamoamiz o'tgan yili Parijdagi olimpiadada ilk bor ishtirok etdi. Tariximizda ilk bor milliy terma jamoamiz kelgusi yilda bo'ladigan jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ayni kunlarda Qatarda bo'layotgan jahon chempionatida o'n etti yoshgacha bo'lgan futbolchilarimiz Osiyo chempioni sifatida mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda, – dedi davlatimiz rahbari marosimda.

Bugun dunyoning turli nufuzli klublarida to'p surayotgan 20 nafar futbolchimizning umumiy transfer qiymati 60 million dollardan oshdi. Ayniqsa, o'tgan oydan boshlab hamyurtimiz Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylangani barchamizga faxr va iftixor bag'ishlaydi.

Bu natijalar so'nggi yillarda yaratilgan imkoniyatlar hisobiga milliy futbol maktabining xalqaro darajada tan olina boshlaganidan dalolat.

– Yaqinda FIFA prezidenti Janni Infantino mamlakatimizga tashrifi davomida O'zbekistonda futbolga etibor, yaratilgan infratuzilma, boshqarish tizimidagi islohotlar bilan yaqindan tanishib, ushbu sportdagi tub o'zgarishlarni yuqori baholadi. Janob Infantino samimiy muloqotimiz chog'ida xalqaro futbol hamjamiyatining mamlakatimizga bo'lgan ishonchi tobora ortib borayotgani, O'zbekiston futboli “Osiyo grandlari” darajasida ekanini alohida takidladi, – dedi Prezident.

2 oktyabr kuni FIFA Kengashi yig'ilishida futbol bo'yicha 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida 2027 yildagi jahon chempionatini O'zbekiston va Ozarbayjonda o'tkazish bo'yicha qaror qabul qilindi.

Ushbu jahon chempionati doirasidagi o'yinlar ikki mamlakatdagi 3 tadan stadionda o'tkaziladi. Jahon chempionatlarining final va yarim final o'yinlari sig'imi 50 mingdan ko'p bo'lgan stadionda o'tkazilishi FIFA talablaridan biri hisoblanadi.

– Shu bois, mamlakatimiz futboli uchun muhim loyiha – Yangi Toshkent stadioni qurilishini boshlaymiz. Qiymati 100 million dollarlik ushbu stadion qurilishi uchun nega aynan Yangi Toshkent hududi tanlandi? Sababi Yangi Toshkent kelajakda mamlakatimizning yangi imkoniyatlar va ilg'or g'oyalar markaziga aylanadi, – dedi davlat rahbari.

Yangi Toshkent hududidagi barcha loyihalar zamonaviy memorchilik va milliy qadriyatlar uyg'unligida ekologik va “aqlli boshqaruv”ga asoslanib barpo etilmoqda. Shu umumiy koncepciya asosida quriladigan yangi stadion ham tabiat bilan uyg'un bo'ladi hamda “yashil energiya”, “aqlli boshqaruv” va “qulay muhit” tamoyillariga asoslanadi.

Yangi Toshkent stadioni FIFAning barcha talablariga mos ravishda barpo etiladi hamda Osiyodagi eng yirik va zamonaviy infratuzilmaga ega futbol maydonlaridan biri bo'ladi.

Bu inshoot nafaqat 2027 yilgi 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi jahon chempionati uchun, balki butun o'zbek futboli va yoshlar sportining kelgusi o'n yillik rivoji uchun xizmat qilishi takidlandi.

Qayd etish lozim, mamlakatimizning yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishi xalqaro hamjamiyatning O'zbekistonga bo'lgan ishonchi va hurmatining yana bir ifodasidir.

Shu munosabat bilan chempionatga tayyorgarlik bo'yicha alohida davlat dasturi qabul qilinishi aytildi. Infratuzilma, transport, mehmonxona, tibbiy xizmat va volontyorlik tizimlari bo'yicha masul vazirliklarga aniq vazifalar belgilab beriladi.

– Yangi Toshkent stadioni uchun hozir biz qo'yadigan tamal toshi – bugungi mehnatimizning va ertangi g'alabalarimizning asosidir. Ishonamanki, bu ulkan inshoot yoshlar uchun ilhom, xalqimiz uchun iftixor ramzlaridan biri bo'lib, yurtimizdagi millionlab futbol muxlislariga katta sovg'a bo'ladi, – dedi Prezident.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Yangi Toshkent stadioni poydevoriga kapsula qo'yib, qurilishini boshlab berdi.

Reyting: +29   

Fikrlar

+9   
11 noy 20:16:29
Акрамжон Халилов
Самарқанд, Наманган шаҳарларигаям 50 минг сиғимли стадионлар қурилса Осиё чемпионатини бемалол қабул қилса бўлаверарди.
+6   
11 noy 20:56:45
fan5591
Faxriddin Aliyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Nega endi namanga qaysi kriteriyalarga qarab namangan deyapsiz samarqand mayli endi tarihiy shaxar menimcha toshkentdan keyin samarqandga qurish eng toʻgʻri variant deyish mumkin ????
Namangan Toshkentdan keyin ikkinchi katta shahar (aholisi bo'yicha)
+1   
11 noy 21:10:36
Sherzodbek Raxmonov
Акрамжон Халилов foydalanuvchining fikriga javob berish
Самарқанд, Наманган шаҳарларигаям 50 минг сиғимли стадионлар қурилса Осиё чемпионатини бемалол қабул қилса бўлаверарди.
Samarqand shahri tabiati, shaharsozligi, tarixiy memorchiligi, o‘ziga xos uslub va dizaynga ega xalqaro darajadagi barcha tadbirlarni juda yaxshi o‘tkaza oladigan yurtimizning go‘zal go‘shasidir. Shuning uchun 50ming sig‘imga ega stadion qurilishiga ishonaman va biz Samarqandliklar bor imkoniyatimizni ham safarbar qilamiz. Nasib qilsa, Shirin massiveda shunday stadion qurilishiga ishonaman. Bu borada loyiha ham bor va u tasdiqlangan.
+1   
11 noy 20:57:53
Музаффар
Куконгаям битта яхши стадион куриилса булоради. Стадионимиз хаттоки Англияни 18 асрда курилган стадионидакангиям эмас. Кукон Узбекистонда футбол ватани, водийни уртасида жойлашган, колаверса Узбекистоннинг энг кадимий шахарларидан бири. Биз Куконликлар хам лойикмизмикан битта яхши стадионга.
+1   
11 noy 20:54:41
Soccerland777
Қирғизлар энди 51.000 лик Бишкек Аренани битириб, Марказий Осиёда биринчи бўлмоқчи эди. 55.000 минг билан ўтиб кетарканмиз
+1   
11 noy 20:44:18
Абдулазиз Кодиров
Зор карор болибти
Лекин нега айнан тошкенда шуни секин аста вилоятлардахам курсек боладику ахир футбол мухлислик бобида вилоятларда 100% купро ташриф
+1   
11 noy 20:44:13
Адхамжон Низамов
Даврон Маматқулов foydalanuvchining fikriga javob berish
Барибир югуриш йулакчаси булади сабаби 1 футбол эмас
Янги Олимпия стадионидаги йулакча етади.Бу факат футбол учун курилса керак,как.Бунёдкорга ухшаб
+1   
11 noy 20:39:05
OLIM ABDUSAMATOV
Nega doim Toshkentda? voha va vodiyga ham katta stadion kerak.Toshkentda Bunyotkor stadioni bor.
+1   
11 noy 20:34:29
Серый Кардинал
Водийгаям шунака катта стадионлар керак
+1   
11 noy 20:14:46
Нурбек Майлиев
Жахон чемпионатини хам кабул килиш насиб килсин
+1   
11 noy 20:14:03
Donvito Korleone
Toshkentda stadionlar yetarlik.
Milliy termadan boshqasiga uncha odam kirmaydi.

Vodiyga bitta, vohaga bitta katta stadion kerak.
+1   
11 noy 20:09:27
Zohid Sheraliev
буса-бусин яна 20 000 кушиб ерингсизлар.,котто стадионда мазза килиб томоша килайлик
+1   
11 noy 20:05:27
Bek Bek
Хурматли Президент Шавкат Миромонович Водийнинг 3 вилояти учун марказ белгилаб 70 мингли Стадион куриб беринг. Келажакда котта мусобакаларни Водийда хам кабул килайлик
+1   
11 noy 20:02:08
Xolmoʻminov Xusniddin
Zoʻr ish boʻlibdi bu stadion kerak edi Qirgʻiziston va Tojikiston yangi stadion qurayotganda biri 20 minglik biri 50 minglik va yana biz oʻeta Osiyoda tengsiz nafaqat oʻrta Osiyoda balki Osiyoda ham oʻz oʻrniga ega boʻlamiz bu Oʻzbekistonning yuzi boʻlishi kerak nafaqat yoshlar balki kattalar boʻyicha terma jamoalar boʻyicha Osiyo kubogiga ham mezbonlikni ham oʻylab koʻrish kerak olgʻa Oʻzbekiston
+1   
11 noy 19:57:55
Кодиржон
Зур иш бупти хайрли булсин футболчиларга мухлисларга узок йиллар хизмат килсин купайсин шунака стадионлпр
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика