Rasman: Filippe Koutino "Bavariya"ga o'tdi
19 avg 2019 13:39
Yangiliklar
Rasman: Filippe Koutino "Bavariya"ga o'tdi
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Bavariya"ga o'tdi.
Futbolchi Myunxen klubida bir yil ijarada o'ynaydi. U yangi jamoasi safida 10-raqam ostida to'p tepadi.
"Bavariya" o'yinchining ijarasi uchun 8,5 million evro pul to'laydi. Klub uni kelasi mavsumda 120 million evroga sotib olish imkoniyatiga ham ega.
Braziliya terma jamoasi o'yinchisi yakunlangan mavsum "Barselona" tarkibida 54ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 5ta assistga erishgan.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar