Rasman: Egor Krimec - "So'g'diyona" futbolchisi!
27 dek 2024 15:53
Yangiliklar
Rasman: Egor Krimec - "So'g'diyona" futbolchisi!
O'zbek klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi yana bir tajribali futbolchini o'z safiga qo'shib oldi. Jamoa O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq azosi, mahoratli himoyachi Egor Krimec bilan shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuv 2025 yilning oxirigacha amal qiladi.
Malumot uchun: Egor Krimec o'tgan mavsumni "Surxon" jamoasida o'tkazgan. Futbolchilik faoliyati davomida u "Paxtakor", "Pekin Goan" (Xitoy), "Navbahor" va "Surxon" kabi klublarda o'ynagan. Milliy terma jamoadagi debyut uchrashuvini esa 2013 yilda o'tkazgan.

Eslatib o'tamiz, Krimec ortda qolgan mavsum "Surxon" safida Superliga va O'zbekiston kubogida 8ta o'yinda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar