Fevzi Davletov: "Bu kabi bahslarda ko'p ham vaziyatlar yaratilmaydi"
20 noy 19:05
Yangiliklar
Fevzi Davletov: "Bu kabi bahslarda ko'p ham vaziyatlar yaratilmaydi"
Superliganing 29-turi doirasidagi "Surxon" – OKMK (0:0) uchrashuvidan keyin termizliklar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida qatnashdi.
"Bu bahs qiyin o'tishini bilardik. Shu sababli yigitlardan maksimal etiborli bo'lishni talab qildik. Himoyada ham, hujumda ham bir xil o'yin namoyish qildik.
Bu kabi bahslarda ko'p ham vaziyatlar yaratilmaydi. Bir yoki ikki vaziyat yaratilishi mumkin xolos. O'sha vaziyatlardan foydalana olmadik.
O'yinda shunday pallalar bo'ldiki, biz gol o'tkazib yuborishimiz mumkin edi. OKMK o'shanda bizni kechirdi. Umuman olganda, yigitlar bahsni yomon o'tkazishmadi.
Bizda holat unchalik yaxshi emasdi, chunki yarim jamoa kasal edi, ikki futbolchimiz termalardan qaytib keldi. Umuman olganda, yomon emas. Yigitlarga rahmat aytaman va endi "Buxoro"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz", – dedi Davletov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar