Madueke: "Arsenal" Chempionlar Ligasini yutishi mumkin"
11 dek 2025 17:59
Yangiliklar
Madueke: "Arsenal" Chempionlar Ligasini yutishi mumkin"
"Arsenal" vingeri Noni Madueke Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-turida "Bryugge" ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Raqib darvozasi yaqinida xavfli vaziyatlar yaratish — bu men jamoamga berishim kerak bo'lgan eng minimal narsa. Gol urish va eng yuqori samaradorlikka erishish — men intilishim kerak bo'lgan keyingi bosqich. Men ko'proq gol urishni istayman. O'ylaymanki, bu darajaga etishim mumkin, shuning uchun har kun ustida ishlashda davom etaman.
Men "Arsenal" bu turnirni yutishi mumkinligini his qilyapman. Shuningdek, Angliya chempionligini ham qo'lga kiritishimiz mumkindek tuyulyapti. Bu bizning asosiy maqsadimiz bo'lishi lozim. Hozir yaxshi holatdamiz, shu bois shunchaki olg'a intilamiz", – dedi Madueke.
"Arsenal" 18 ochko bilan Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida 1-o'rinda bormoqda. "Bryugge" 4 ochko bilan 31-pog'onada ketmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
U-23 Осиё Кубоги. Математикага ўрин қолмади: Ўзбекистон Кореяни ютиб, кейинги босқичга чиқди
ШОШИЛИНЧ ХАБАР: Хаби Алонсо "Реал Мадрид"ни тарк этди!
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Fikrlar