Serjiu Konseysau: "Nasaf"ning o'yin sifati egallab turgan o'rnidan mutlaqo farq qiladi, lekin biz tayyormiz"
22 dek 19:00
Yangiliklar
Serjiu Konseysau: "Nasaf"ning o'yin sifati egallab turgan o'rnidan mutlaqo farq qiladi, lekin biz tayyormiz"
"Tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvga yuqori ishonch va katta maqsadlar bilan kiramiz. Egallab turgan o'rnidan o'yin sifati mutlaqo farq qiladigan kuchli raqibga duch kelamiz va bu bellashuvga tayyormiz.
Tayyorgarlik davrida maxsus taktika qo'lladik. Himoyani tiklash, hujum va mudofaa hamda pressing hududlari ustida ishladik. Shuningdek, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik masalalariga etibor qaratdik. Bazi mashg'ulotlar oson kechmadi, biroq futbolchilarning intizomi va say-harakatlari meni mamnun etdi.

Tanaffus davri muhim edi va biz uni sabrsizlik bilan kutdik. Hech qaysi murabbiy ikki hafta ichida jamoani butunlay o'zgartira olmaydi, biroq biz muhim ishlarni amalga oshirdik va oldinda hali ko'p vazifalar turibdi. Har bir o'yinni alohida etibor bilan o'tkazish kerak. Ushbu davrdan samarali foydalanib, futbolchilar bilan jiddiy mashg'ulotlar o'tkazdik", dedi 51 yoshli mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar
клубларимиз халкаро майдонларда уйашса уларга болет киламан ,