"Liverpul” "Barselona"ning sobiq himoyachisiga qiziqmoqda
21 dek 2025 11:54
Yangiliklar
"Liverpul” "Barselona"ning sobiq himoyachisiga qiziqmoqda
"Selta"ning o'ng qanot himoyachisi Oskar Mingesa faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi, shu bois u yanvar oyidan boshlab boshqa klublar bilan bemalol kelisha oladi.
"Barselona"ning 26 yoshli tarbiyalanuvchisini taklif qilishga "Liverpul” qiziqish bildirmoqda, shuningdek, "Nyukasl" va "Brayton" ham davogarlar qatorida.
Transfermarkt portali ekspertlari Oskar Mingesaning narxini 18 mln evroga baholamoqda. Joriy mavsumda futbolchi "Selta" safida barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda bitta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar