"Chelsi" himoyachisini qo'yib yuborishga tayyor
22 dek 18:10
Yangiliklar
"Chelsi" himoyachisini qo'yib yuborishga tayyor
"Chelsi" himoyachisi Aksel Disasi qishki transfer oynasida Londonni tark etadi.
Fabricio Romano malumotlariga ko'ra, franciyalik markaziy himoyachining ketishi deyarli hal etilgan masala bo'lib, bir necha klublar uni safiga qo'shib olish imkoniyatiga qiziqish bildirmoqda.
Disasining yaqin orada "Milan"ga o'tishi haqida mish-mishlar tarqalganiga qaramay, ayni paytda uning Italiyaga ko'chishi bo'yicha aniq muzokaralar olib borilmayapti.

Avvalroq 27 yoshli futbolchiga "Galatasaroy", "Monako", "Bornmut", "Vest Xem", "Kristal Pelas", "Fiorentina", "Yuventus", "Borussiya" Dortmund va "Sevilya" qiziqish bildirgani xabar qilingandi.
Disasi "Chelsi"ga 2023 yilda o'tgan, ammo joriy mavsum u nafaqat asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi, balki umuman "ko'klar"ning o'yinlar uchun qaydnomaga ham kirmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar