So’nggi yangiliklar

00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  0 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  0 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  5 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  1 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  0 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  2 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5

“Qizilqum” - “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

“Qizilqum” - “Nasaf”. Prevyu

Teglar :  NasafQizilqum
“Nasaf” oliy liga 8-tur uchrashuvini safarda Navoiy shahrining “Qizilqum” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi har-bir bahsni futbol ishqibozlarida katta qiziqish  kuzatib kelgan. Bu safar ham ular ana shunday bahsga guvoh bo'lishlari aniq.

Uchrashuv 29 aprel shanba kuni Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi.

Jamoalarning joriy chempionatdagi ishtiroki

“Qizilqum” jamoasi bu yilgi chempionatda  7ta  uchrashuv o'tkazgan, ularning ikkitasida g'alaba, ikkitasida durang va uch uchrashuvda mag'lubiyatga uchrashgan. To'plagan ochkolari soni 8ta bo'lib, turnir jadvalining 10-pog'onasini band etib turishibdi.

Jamoamiz o'tkazilgan 6 uchrashuvning 4tasida g'alaba, ikki uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. To'plagan ochkolari soni 12taga teng va turnir jadvalini beshinchi pog'onasida bormoqda.

“Qizilqum” o'tgan 7-tur uchrashuvini Olmaliqda “Olmaliq” jamoasi bilan o'tkazdi. Bu uchrashuv golsiz durang natija bilan yakunlangan.

“Nasaf” esa “Obod” bilan kuch sinashib, kichik 1:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixidan

Mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari hozirgacha 34 marta ro'baru kelishgan. Ushbu bahslarning 20 tasida jamoamizning qo'li baland kelgan bo'lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g'alaba qozonishgan. 8 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 65-37.   

Endi mazkur jamoalar o'rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to'xtaladigan bo'lsak, jamoamiz “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko'rinishida g'alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g'alabasi 3:1 ko'rinishida.

O'tgan yilgi o'zaro so'nggi uchrashuvda, muxlislar olti golga guvoh bo'lishgan. “Nasaf” so'nggi daqiqada SHaxboz Erkinovning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qolgan edi.

Jamoamiz Ro'ziqul Berdiev boshchiligida hali biron marta, hoh Qarshida bo'lsin, hoh Navoiyda bo'lsin,  “Qizilqum” jamoasiga mag'lub bo'lgan emas.

SHu erda yana bir qiziqarli faktni aytib o'tish joiz. Ayni paytda “Qizilqum” jamoasi safida faoliyat yuritayotgan ko'plab futbolchilar avval “Nasaf” jamoasi sharafini himoya qilishgan. Bular Artur Gevorkyan, Azamat Allaniyozov, Alisher Yusupov, Ilhom Yunusov, Samandar SHodmonov, Erkin Boydullaevlardir.

Jamoalarning Navoiyda bo'lgan o'zaro uchrashuvlari tarixidan

O'zaro o'yinlar qaydnomalarini varaqlasak, jamoamiz Navoiyda o'tkazilgan 17 uchrashuvning 7tasida g'alaba, 5tasida durang va yana 5 uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. Yana bir qiziqarli fakt, “Qizilqum” jamoasi o'z maydonida so'nggi marta 2008 yilda “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchratgan. So'nggi durang 3:3 natijasi esa 2016 yili qayd etilgan. Oldindagi uchrashuv jamoalarning Navoiydagi 18-uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.

 “Nasaf” so'nggi bor “Qizilqum” jamoasini Navoiyda 2015 yili 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.

Uchrashuv hakamlari haqida

Ushbu uchrashuvga Toshkentlik hakamlar guruhi tayinlandi. Uchrashuvni Vadim Agishev boshqaradi. Unga qanotlarda Doniyor Saylavov va Aleksandr Sidorovlar yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida Jasur Muxtarov ishlaydi.

Uchrashuvda hakamlar ishini Baxtiyor Tog'aev nazorat qiladi. Bobir Haydarov esa O'zbekiston PFL vakili sifatida uchrashuvga tashrif buyuradi.


O'zPFL, 8-tur
“Qizilqum” (Navoiy) – “Nasaf” (Qarshi)
29.04.2017. “Yoshlar” sport majmuasi. 18:00da
Bosh hakam:
Vadim Agishev (Toshkent)
Qanot hakamlari:  Doniyor Saylavov, Aleksandr Sidorov (ikkalasi ham Toshkentdan)
Zaxira hakami: Jasur Muxtarov (Toshkent)
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev (Toshkent)
O'zPFL vakili: Bobir Haydarov.

Vadim Agishev bu yilgi chempionatda jamoamiz ishtirokidagi birinchi uchrashuvni boshqaradi.  Ushbu hakam o'tgan yilgi mavsumda, aynan Qarshidagi “Qizilqum” jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda ham bosh hakamlik qilgan. Bu uchrashuvda “Nasaf” 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

SHuningdek Agishev o'tgan yilgi Qarshidagi O'zbekiston kubogi chorak finali javob uchrashuvida “Andijon” jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda ham hakamlik qilgan. Bu uchrashuvda “ajdarlar” 2:1 hisobida zafar quchishgan.  

Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv, 28 aprel juma kuni Karmana stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

Barcha futbol ishqibozlarini ushbu uchrashuvlarga taklif etib qolamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика