Qator top klublar PSJ futbolchisi uchun kurashadi
26 dek 2024 18:41
Yangiliklar
Qator top klublar PSJ futbolchisi uchun kurashadi
"Nyukasl" qishki transfer oynasida Milanni moliyaviy jihatdan yaxshi xarid deb hisoblamoqda. Biroq SHkrinyar "Nyukasl"ning asosiy maqsadi emas. "Tottenxem" esa slovakiyalik futbolchi himoya chizig'iga tajriba qo'shishidan umidvor.
Ammo londonliklar ustozi Ange Postekoglu SHkrinyarni asosiy tarkib vakili emas, rotaciya uchun munosib nomzod sifatida ko'rmoqda. Aynan shu jihat muzokaralar vaqtida muammo tug'dirishi mumkin. Vaholanki, "Napoli", "Bavariya", "Arsenal", "Aston Villa", "Real", "Bayer", "Roma", "Al Nassr" va "Atletiko" SHkrinyarga asosiy tarkib uchun kurashish imkonini berishga tayyorligi haqida xabarlar bor.
O'z navbatida, futbolchi PSJni yanvar oyidayoq tark etmoqchi. Parijliklar SHkrinyar transferidan 35 million evro ishlab olmoqchi, lekin munosib xaridor chiqsa, talab etilayotgan summani biroz tushirishga ham tayyorlar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar