PSJ "Barselona" futbolchisining namoyishiga tayyorlanmoqda
31 avg 2019 14:41
Yangiliklar
PSJ "Barselona" futbolchisining namoyishiga tayyorlanmoqda
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich PSJ futbolchisiga aylanishi mumkin.
Franciya klubi o'yinchining namoyishiga tayyorgarlik ko'rgan va hattoki video ham suratga olingan.
Xorvatiyalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasidagi "Osasuna"ga qarshi o'yin uchun qaydnomaga kiritilgan.
Bungacha Rakitichning Neymar bilan bo'ladigan bitimga kirishi, keyinchalik esa transfer amalga oshmasligi haqida xabar qilingan edi. Ammo, hozirda futbolchi har qanday holatda ham parijliklar tarkibiga o'tishi aytilmoqda.
31 yoshli Ivan Rakitich o'tgan mavsum 54ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta assist qayd etgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar