So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  0 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  9 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Prevyu. Norin - Zomin Yangiliklar

Prevyu. Norin - Zomin

Teglar :  NorinZomin
Bugun O'zbekiston Birinchiligi ikkinchi davra 33–tur uchrashuvlariga start beriladi.

Bunda Xaqqulobodning “Norin” jamoasi Zominning “Zomin” jamoasini “SHodlik” stadionida qabul qiladi.

Jamoalar o'zaro ikkinchi bor to'qnash kelishmoqda. O'zbekiston Birinchiligi-2016 bahslarining birinchi davra 4–turda “Sug'diyona” o'yingohida o'zaro uchrashishgan edi. O'shanda Xaqqulobod jamoasi 1-0 hisobida g'alaba qozonib, mezbonlarni hafa qilgan edi.

O'tgan 32-turda mezbonlar “Xotira-79” jamoasi mehmoni bo'lib, 1-0 hisobida g'alabani taminlangan bo'lsa, "Zomin" o'z maydonida “Orol” jamoasi ustidan 4-3 hisobida zafar quchishgan edi. Natijada jamoalarda g'alabadan so'ng, ruhiy ustunlik saqlanib qolgan.

“Norin” jamoasi 32-turga kelib, musobaqa jadvalida peshqadam “Dinamo” jamoasidan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda. “Zomin” jamoasi esa shu turga kelib 10-o'rinni band etgan.

Bu uchrashuvni turning markaziy uchrashuvi desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi mezbonlar keyingi yilgi Oliy ligada ishtirok etish uchun jon jahti bilan oldinga tashlanayotgan bo'lsa, mehmonlar musobaqa jadvalida kuchlilar safiga kirish uchun harakat qilishadi.

Ikkala jamoaning muxlislarini “SHodlik” stadionida uchrashuvga taklif qilib qolamiz. Uchrashuv soat 15-00da boshlanadi.

Imkoniyatlar: 40/30/30

2016 YIL
BIRINCHI DAVRA
4-tur.20aprel (chorshanba)   
Zomin (Zomin) – Norin (Xaqqulobod) – 0:1. 311 tomoshabin.
Hakamlar:
F. Narsafarov (Qarshi), M. Karimov (Toshkent), S. Nishanbaev (Toshkent), M. Fayzullaev.
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: V. Aleksin (90+1).
Ogohlantirishlar:S. Allaev (83) – S. Safarov (71).

IKKINCHI DAVRA
33-tur. 23oktyabr (yakshanba)
“SHodlik” o'yingohi. Soat 15-00.
Norin (Xaqqulobod) - Zomin (Zomin).

Akmal Raxmatullaev tayyorladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика