So’nggi yangiliklar

03:03АПЛ. Бруну Фернандешнинг дубли ва МЮдан йирик ғалаба!  1 02:53"Торино" – "Милан". Пулишичнинг бенефиси ва "россонери"дан супер камбэк!  1 02:35"Реал"да Алонсо сўнгги ҳафталарда футболчиларга нисбатан "жуда юмшоқ" муносабатда бўлди деб ҳисоблашмоқда  0 02:00Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Одатда мен босиқ ва хушмуомаламан, аммо бу кучсиз эканлигимни англатмайди"  1 01:28Алиссон Салоҳ ҳақида: "Мо – "Ливерпуль" афсонаси ва ажойиб йигит. Биз жамоа билан ушбу қийин вазиятни енгишга ҳаракат қиляпмиз"  1 00:54МЮ Англия кубоги 3-босқичида "Брайтон"га қарши ўйнайди, "Тоттенхэм" – "Астон Вилла", "Челси" – "Чарльтон", "Арсенал" – "Портсмут", "Ливерпуль" эса "Барнсли" билан тўқнаш келади  0 00:30Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Бу мен учун кутилмаган ҳолат бўлди"  6 00:13АПЛ. "Вулверхэмптон" – "Манчестер Юнайтед". Асосий таркиблар маълум!  8 23:37"Ливерпуль" Салоҳнинг "Интер" билан ўйин таркибидан четлатилишини жазо деб баҳоламаяпти, бошқа интизомий чоралар ҳам кўрилмайди  3 23:00"Ливерпуль" Салоҳ билан боғлиқ вазиятни ўнглаш мумкин деб ҳисобламоқда  4 22:37ЖЧ-2026 ўйинларида об-ҳаводан қатъи назар, ҳар бир таймда уч дақиқалик сув ичиш учун танаффуслар бўлади  3 22:13Флик "Реал" ва "Сельта" ўйинини томоша қилмади: "Мен ухлаётгандим. "Барса" бор эътиборини ўзига қаратган ва "Мадрид" ҳақида гапиришни истамайди"  3 21:36"Маҳалланинг ўзида ўсган бола ҳам катта футбол саҳнасига чиқиши мумкин" — TBC Bank ва Элдор Шомуродов янги ҳамкорликни йўлга қўйди  6 21:30"Манчестер Сити"га қарши баҳсдан олдин Мбаппе чап қўлидаги бармоғини синдириб олди, аммо...  1 21:20Милитао узоқ муддатга сафдан чиқди  2

Superliga. "Surxon" – "Qizilqum" o'yinida hisob ochilmadi, hakam VAR monitori orqali ikkita ehtimoliy penaltini ko'rib chiqdi Yangiliklar

Superliga. "Surxon" – "Qizilqum" o'yinida hisob ochilmadi, hakam VAR monitori orqali ikkita ehtimoliy penaltini ko'rib chiqdi

Superliganing 16-tur doirasidagi "Surxon" – "Qizilqum" o'yini yakunlandi.

"Surxon" – "Qizilqum" 0:0

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Zaxira hakami: Dilshod Ahmedov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR: Ravshan Abduvohidov

AVAR: Elnur Doniyorov

Komissar: Diyor Xotamqulov

"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 4.Nodirxon Nematxonov, 5.Jamaldin Xodjaniyazov (s), 7.Dostonbek Tursunov (15.Diyor Ramazonov, 77), 8.Humoyun Sherbo'taev, 19.Muhammad Ali Abdurahmonov (10.Rustambek Turdimurodov, 61), 22.Javohir Jo'raev, 24.Sherzod Komilov (18.Nodirbek Abduxoliqov, 77), 27.Asilbek Jumaev (9.Muhsin Bozorov, 90), 66.Behruz Shaydulov, 99.Sunnatilla Poyonov (77.Asadbek Karimov, 61)

Zaxira: 86.Davron Merganov, 2.Behruzjon Karimov, 14.Sarvar Abduhamidov, 26.Behruz Shukurullaev

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov (s), 4.Ilhomjon Vahobov, 8.Shahzodbek Rahmatullaev (7.Davron Anvarov, 69), 9.Islom Kenjaboev, 11.Jambuli Jigauri, 15.Nikola Kumburovich, 16.Asror G'ofurov, 23.Samandar Shukurillaev, 70.Shohruz Norxonov (10.Roman Papariga, 69), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (22.Shahzod Turopov, 87), 88.Dushan Miyich (20.Bobomurod Bozorov, 87)

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 2.Kamron Norqulov, 6.Murodali Usmonov, 17.Akmaljon Muzaffarov, 19.Ilhomjon Kenjaev

Ogohlantirishlar: Jamaldin Xodjaniyazov (70), Fayzullobek Jumanqo'ziev (78)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Surxon" va "Qizilqum" o'z hisobiga bir ochkodan yozdirib qo'ydi.

90+5. Kenjaboevning pasidan so'ng Papariga chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, biroq Yo'ldoshev ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi. Qolaversa, "Qizilqum" hujumchisi o'yindan tashqari holatda qolganligi malum bo'ldi.

90+4. Papariga hujum chog'ida "Surxon" darvozaboniga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi.

90+3. "Qizilqum" uchga bir holatda qarshi hujumga o'tgandi, Shaydulov ishonchli harakat qilib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

90+3. "Surxon" standart vaziyatga ega bo'ldi. Uzatma mehmonlar tomonidan qaytarildi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Qizilqum" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

85. Jumaevning jarimadan uzatmasini Quvvatov mushtlari bilan urib yubordi.

83. Mezbonlarning hujumi zarba bilan yakunlandi, biroq "Qizilqum" himoyachisi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

78. Jumanqo'ziev qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

77. Jumaevning burchak uzatmasidan so'ng yaqin masofadan bosh bilan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

71. Kenjaboevning olis masofadan o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

69. "Qizilqum" ikki o'zgarishga qo'l urdi.

Hakam VAR monitori qarshisiga kelib, vaziyatni shaxsan o'zi ko'rib chiqdi va uzoq ikkilanishdan so'ng qarorini o'z kuchida qoldirdi.

64. Hakam VARdagilar bilan ehtimoliy penaltini muhokama qilmoqda. Kenjaboev tomonidan yo'llangan zarba "Surxon" himoyachisining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. 

61. "Surxon" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

60. Jumaev hujumda fol ishlatdi.

Hakam VAR monitori orqali vaziyatni ko'rib chiqdi va qarorini bekor qildi.

54. "Surxon" darvozasiga penalti belgilandi. Jumanqo'ziev chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirib borayotgan payt Jo'raev tomonidan qoidabuzarlik evaziga to'xtatildi.

52. Jumaevning chap qanotdan uzatmasi noaniq ko'rinish oldi.

47. Jumaev jarima zarbasini amalga oshirib, to'pni raqib jarima maydoniga uzatdi. Jamaldin Xodjaniyazov bosh bilan zarba berdi. Qizilqum posboni qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Abdurahmonovning zarbasiga darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

44. Poyonovga nisbatan Kumburovich tomonidan qo'pollik ishlatildi. "Surxon" jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi.

41. Jumaevning burchakdan uzatgan to'pi "Qizilqum" himoyachisi tomonidan qaytarib yuborildi. Keyingi hujumda esa mezbonlar tomonidan o'yin qoidasi buzildi.

39. G'ofurovning o'ng qanotdan uzatgan to'pi "Surxon" himoyachisiga tegib, o'z darvozasiga kirib ketishiga bir bahya qoldi.

38. Norxonov to'p uchun kurashda raqib himoyachisidan o'zib keta olmadi. Yon chiziqdan to'p o'yinga kiritiladi.

34. Jumanqo'ziev Kenjaboevning raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi, biroq "Qizilqum" hujumchisi to'pni o'ziga bo'ysindira olmadi.

33. Mezbonlarning burchak uzatmasi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

33. Komilovning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

32. "Qizilqum" jarima maydoni yaqinida Jumaev yiqitildi. Mezbonlar jarima zarbasi ijro etadi.

30. "Qizilqum" futbolchisining burchakdan uzatgan to'pini Yo'ldoshev egallab oldi va tezkorlik bilan qarshi hujumni boshlab berdi.

29. Jo'raev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborish chog'ida shikastlandi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

27. "Surxon" futbolchisining chap qanotdan uzatgan to'pini Quvvatov mushtlari bilan urib yubordi.

22. "Qizilqum"ning burchak uzatmasi zarba bilan yakunlandi, ammo Nematxonov to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

19. Kumburovichga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, u oyog'ini qayirib olgan bo'lishi mumkin.

18. Norxonovning olisdan yo'llagan zarbasi kuchsiz va noaniq ko'rinish oldi.

17. Kenjaboevning chap qanotdan uzatgan to'pini Jigauri darvoza tomon yo'llashga harakat qildi, "Surxon" himoyachisi to'pni qaytardi.

14. Jumaev chap qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirishga harakat qildi, Miyich uni zararsizlantirdi.

13. "Surxon" hujumi chap qanotdan rivojlandi, jarima maydoniga uzatilgan pasni G'ofurov jarima maydonidan uzoqlashtirib yubordi.

12. Maydon markazida "Surxon" futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

9. "Qizilqum"ning hujumi Kenjaboevning zarbasi bilan yakunlandi, to'p "Surxon" himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.

7. Mezbonlar burchak zarbasi amalga oshirdi. Jumaevning uzatmasini Vahobov qaytardi, so'ngra hujumda fol qayd etildi. 

5. "Surxon" futbolchilari raqib darvozasi tomon zarba yo'llashdi, biroq vaziyatdan sal ilgariroq hakam o'yindan tashqari holat qayd etilganini malum qildi.

4. Jigauri hujumda fol ishlatdi.

3. Poyonovning o'ng qanotdan uzatgan to'piga jamoadoshi ulgurmadi, "Qizilqum" himoyachilari qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

1. O'yinni mezbonlar boshlab berdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Surxon" futbolchilari sariq, "Qizilqum" o'yinchilari qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика