So’nggi yangiliklar

03:03АПЛ. Бруну Фернандешнинг дубли ва МЮдан йирик ғалаба!  1 02:53"Торино" – "Милан". Пулишичнинг бенефиси ва "россонери"дан супер камбэк!  1 02:35"Реал"да Алонсо сўнгги ҳафталарда футболчиларга нисбатан "жуда юмшоқ" муносабатда бўлди деб ҳисоблашмоқда  0 02:00Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Одатда мен босиқ ва хушмуомаламан, аммо бу кучсиз эканлигимни англатмайди"  1 01:28Алиссон Салоҳ ҳақида: "Мо – "Ливерпуль" афсонаси ва ажойиб йигит. Биз жамоа билан ушбу қийин вазиятни енгишга ҳаракат қиляпмиз"  1 00:54МЮ Англия кубоги 3-босқичида "Брайтон"га қарши ўйнайди, "Тоттенхэм" – "Астон Вилла", "Челси" – "Чарльтон", "Арсенал" – "Портсмут", "Ливерпуль" эса "Барнсли" билан тўқнаш келади  0 00:30Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Бу мен учун кутилмаган ҳолат бўлди"  6 00:13АПЛ. "Вулверхэмптон" – "Манчестер Юнайтед". Асосий таркиблар маълум!  8 23:37"Ливерпуль" Салоҳнинг "Интер" билан ўйин таркибидан четлатилишини жазо деб баҳоламаяпти, бошқа интизомий чоралар ҳам кўрилмайди  3 23:00"Ливерпуль" Салоҳ билан боғлиқ вазиятни ўнглаш мумкин деб ҳисобламоқда  4 22:37ЖЧ-2026 ўйинларида об-ҳаводан қатъи назар, ҳар бир таймда уч дақиқалик сув ичиш учун танаффуслар бўлади  3 22:13Флик "Реал" ва "Сельта" ўйинини томоша қилмади: "Мен ухлаётгандим. "Барса" бор эътиборини ўзига қаратган ва "Мадрид" ҳақида гапиришни истамайди"  3 21:36"Маҳалланинг ўзида ўсган бола ҳам катта футбол саҳнасига чиқиши мумкин" — TBC Bank ва Элдор Шомуродов янги ҳамкорликни йўлга қўйди  6 21:30"Манчестер Сити"га қарши баҳсдан олдин Мбаппе чап қўлидаги бармоғини синдириб олди, аммо...  1 21:20Милитао узоқ муддатга сафдан чиқди  2

Superliga. Penaltidan to'p kiritilmagan va gol hisobga olinmagan o'yinda "Dinamo" "Navbahor" bilan jangovar durangga imzo chekdi Yangiliklar

Superliga. Penaltidan to'p kiritilmagan va gol hisobga olinmagan o'yinda "Dinamo" "Navbahor" bilan jangovar durangga imzo chekdi

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "Navbahor" uchrashuvi yakunlandi.

"Dinamo" – "Navbahor" 2:2

02.08.2025. 21:15

Bosh hakam: Akobir Shukurullaev

Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Sherzod Azamov

Zaxira hakami: Anvar Ismoilov

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Alisher Usmonov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: 1:0 – 32, Dmitriy Pletnyov (Jahongir O'rozov), 2:0 – 35, Oleksandr Kucherenko (Dmitriy Pletnyov), 2:1 – 49, Abbos G'ulomov (Zabihillo O'rinboev), 2:2 – 54, Ruslan Jiyanov (penalti)

"Dinamo": 13. Ravshan Yagudin, 6. Jahongir O'rozov, 7. Ratino, 8. Sanjar Qodirqulov (77. Mahmud Mahamadjonov, 60), 10. Anvar Hojimirzaev (23. Behruz Oblaqulov, 76), 16. Richard Fraydey (25. Oybek O'rmonjonov, 60), 18. Oleksandr Kucherenko, 20. Jaloliddin Jumaboev, 21. Jahongir Abdusalomov, 55. Dmitriy Pletnyov, 99. Ulug'bek Hoshimov

Zaxira: 27. Edem Nemanov, 9. Mirjahon Mirahmadov, 11. Xislat Xalilov, 22. Ulug'bek Abdullaev, 37. Firdavs Abdurahmonov, 88. Marko Stanoevich

"Navbahor": 16. Shukron Yo'ldoshev, 5. Julio Sezar, 7. Azim Ahmedov (8. Shohmalik Komilov, 46), 9. Zabihillo O'rinboev (14. Jamshid Boltaboev, 90+4), 11. Muhammadali G'iyosov, 13. Benjamin Teidi (15. Javohir Abdujabborov, 46), 17. Ruslan Jiyanov (77. Muslim Habibullaev, 89), 19. Mirzohid G'ofurov (12. Saidazamat Mirsaidov, 46), 32. Muhammadbobir Mo'ydinov, 70. Abbos G'ulomov, 99. Igor Gabriel 

Zaxira: 1. Umid Ergashev, 24. Doston Abdulxaev, 29. Pedro Augusto, 36. Gelerme Gedesh

Ogohlantirishlar: Anvar Hojimirzaev (53), Muhammadbobir Mo'ydinov (71)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+4. "Navbahor" o'zgarish sodir etdi.

90. Ikkinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shib berildi.

88. Obloqulovning raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasiga "Navbahor" himoyachisi "blok" qo'ydi.

86. Ratinoning penaltidan tepgan to'pi darvoza to'siniga tegib qaytdi!

Hakam VAR monitori orqali vaziyatni uzoq vaqt ko'rib chiqdi va qarorini o'zgartirmadi.

80. "Navbahor" darvozasiga penalti belgilandi. Obloqulov Mo'ydinov tomonidan to'xtatib qolindi.

76. "Dinamo"da o'zgarish bo'ldi.

74. Mezbonlarda qulay imkoniyat yuzaga keldi, ammo so'nggi pallada zarba yo'llay olmadi.

71. Hojimirzaevga nisbatan qo'pollik ishlatgan Mo'ydinov ogohlantirildi.

70. Xavfli vaziyat! G'iyosov katta tezlikda jarima maydoniga kiri bordi va zarba yo'lladi, Yagudin to'pni qaytardi.

69. Burchak uzatmasi "Navbahor" futbolchisining zarbasi bilan yakunlandi. Unga biroz aniqlik etishmadi.

64. Kucherenko va G'iyosov to'qnashib ketdi. Tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

61. Xavfli vaziyat! "Dinamo" futbolchisi jarima maydoni ichida qulay vaziyatda yaxshi zarba yo'llay olmadi.

60. "Dinamo" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

54. GOL! Ruslan Jiyanov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi! Yagudin to'p yo'nalishini topa olmadi.

53. Hakam "Dinamo" darvozasi tomon penalti belgiladi. Hojimirzaev ogohlantirildi.


52. Hakam VAR monitori orqali ehtimoliy penaltini tekshirmoqda. Komilov Hojimirzaev tomonidan yiqitildi.

49. GOL! O'rinboevning pasidan so'ng G'ulomov kuchli zarba bilan "Dinamo" darvozasini ishg'ol qildi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Navbahor" birato'la uch o'zgarishga qo'l urdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Ahmedovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. "Dinamo"ning navbatdagi hujumi Hojimirzaevning zarbasi bilan yakunlandi. Yo'ldoshev to'pni qaytardi.

38. "Dinamo"ning yana bir xafli hujumini G'ofurov qiyinchilik bilan qaytardi.

35. GOL! Hali o'ziga kelib ulgurmagan "Navbahor" ikkinchi to'pni o'tkazib yubordi. Burchak uzatmasidan so'ng jarima maydonidagi palapartishlikdan foydalangan Oleksandr Kucherenko to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ydi!

32. GOL! Plentyov "Dinamo" safidagi debyutida o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi! Orqa chiziqdan jarima maydoniga uzatilgan to'pni Dmitriy boshi bilan oldinga chiqib ketgan "Navbahor" darvozabonining ustidan oshirib qo'ydi!

32. Hojimirzaevning chap qanotdan jarima maydoniga uzatmasini Yo'ldoshev qaytardi.

29. Teidining zarbasi "Dinamo" himoyachisidan maydonni tark etdi.

28. Hoshimovning jarima maydonida chap oyoqda yo'llagan zarbasini Yo'ldoshev qaytardi.

25. O'rinboevning akrobatik uslubda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

22. Hojimirzev raqib jarima maydonida zarba berish o'ringa pas berishga qaror qildi, ammo to'pga sheriklari etib kela olmadi.

12. Hojimirzaev chap qanot himoyasidan uzatmani tovoni bilan o'ziga bo'ysundirishga harakat qildi, ammo to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi. 

11. Hojimirzaevning 20-25 metrlardan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

8. GOL! O'ng qanotdan jarima maydoniga kirib borib, uzatmani qabul qilib olgan Richard Fraydey chap oyoqda aniqlik bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi, biroq u o'yindan tashqari holatda qolganligi malum bo'ldi.

6. Zarba! Hoshimovning jarima maydonidan chap oyoqda yo'llagan zarbasini Yo'ldoshev qaytardi, ikkinchi urinishda to'pni ushlab oldi.

5. Abdusalomovning chap qanotdan jarima maydoniga uzatmasi mo'ljalga aniq etib bormadi. Yana erkin zarba tepiladi

4. Hojimirzaev tomon "Navbahor" jarima maydoniga uzatma aniq etib bormadi. Erkin zarba bilan to'p o'yinga kiritiladi.

2. Yagudin to'p uchun kurashda Jiyanov bilan to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

1. O'yinni mezbonlar boshladi. "Dinamo" oq, "Navbahor" ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика