So’nggi yangiliklar

03:03АПЛ. Бруну Фернандешнинг дубли ва МЮдан йирик ғалаба!  1 02:53"Торино" – "Милан". Пулишичнинг бенефиси ва "россонери"дан супер камбэк!  1 02:35"Реал"да Алонсо сўнгги ҳафталарда футболчиларга нисбатан "жуда юмшоқ" муносабатда бўлди деб ҳисоблашмоқда  0 02:00Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Одатда мен босиқ ва хушмуомаламан, аммо бу кучсиз эканлигимни англатмайди"  1 01:28Алиссон Салоҳ ҳақида: "Мо – "Ливерпуль" афсонаси ва ажойиб йигит. Биз жамоа билан ушбу қийин вазиятни енгишга ҳаракат қиляпмиз"  1 00:54МЮ Англия кубоги 3-босқичида "Брайтон"га қарши ўйнайди, "Тоттенхэм" – "Астон Вилла", "Челси" – "Чарльтон", "Арсенал" – "Портсмут", "Ливерпуль" эса "Барнсли" билан тўқнаш келади  0 00:30Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Бу мен учун кутилмаган ҳолат бўлди"  6 00:13АПЛ. "Вулверхэмптон" – "Манчестер Юнайтед". Асосий таркиблар маълум!  8 23:37"Ливерпуль" Салоҳнинг "Интер" билан ўйин таркибидан четлатилишини жазо деб баҳоламаяпти, бошқа интизомий чоралар ҳам кўрилмайди  3 23:00"Ливерпуль" Салоҳ билан боғлиқ вазиятни ўнглаш мумкин деб ҳисобламоқда  4 22:37ЖЧ-2026 ўйинларида об-ҳаводан қатъи назар, ҳар бир таймда уч дақиқалик сув ичиш учун танаффуслар бўлади  3 22:13Флик "Реал" ва "Сельта" ўйинини томоша қилмади: "Мен ухлаётгандим. "Барса" бор эътиборини ўзига қаратган ва "Мадрид" ҳақида гапиришни истамайди"  3 21:36"Маҳалланинг ўзида ўсган бола ҳам катта футбол саҳнасига чиқиши мумкин" — TBC Bank ва Элдор Шомуродов янги ҳамкорликни йўлга қўйди  6 21:30"Манчестер Сити"га қарши баҳсдан олдин Мбаппе чап қўлидаги бармоғини синдириб олди, аммо...  1 21:20Милитао узоқ муддатга сафдан чиқди  2

Eldor Moyliev "Nasaf" futbolchisi "Sho'rtan"ga o'tmagani sababini aytdi Yangiliklar

Eldor Moyliev "Nasaf" futbolchisi "Sho'rtan"ga o'tmagani sababini aytdi

Superliganing 16-turi doirasida "Sho'rtan" - "Xorazm" bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Eldor Moyliev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yinni yaxshi boshlagandik, gol ham urgandik. Afsuski keyinchalik ikkita qarshi hujumda gollar qo'yib yubordik. Ikkinchi bo'limda ham ustunlik biz tomonda bo'ldi, lekin uchinchi golni ham o'tkazib yubordik. "Xorazm" chuqur va yaxshi himoyalandi. Biz vaziyatlar yarata olmadik. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Bizda jamoa yangi. Bir-birini tushunishi uchun vaqt kerak bo'ladi. Mashg'ulotlarda kamchiliklar ustida ishlaymiz.

- Jamoaga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar nima sababli jamoaga qo'shildi?

- Asosan hujum va o'rta chiziqdagi futbolchilarni jamoaga chaqirdik. Birinchi davrada bizdagi asosiy muammo hujumda bo'ldi. Biz to'pni ko'p ushlab tursak-da, ko'p hujum qila olmayotgandik. Shu sababli yosh bo'lsa ham kreativroq va oldinga o'ynaydigan futbolchilarni jamoaga olib keldik. Keyingi o'yinlarda ular jamoaga yordam beradi. 

- Bugungi o'yinga qanday taktika tanlangandi?

- Asosan pressing evaziga o'ynashimiz, hujumda agressivroq bo'lishimiz kerak edi. Raqib bizga bosim o'tkazishini bilgandik va ayrim vaziyatlarda uzun paslarni sinab ko'rdik. Afsuski biz qarshi hujumlarda gollar o'tkazib yubordik. Dastlabki ikki golda biz burchak zarbasini amalga oshirdik, biroq golni ular urib ketishdi. Biz qarshi hujumga tayyor emasdik.

- Jamoada tajribali futbolchilar kamdek tuyulmoqda.

- Tajribali futbolchilar kam. Davralar oralig'ida bunday futbolchilarni olib kelish juda qiyin. Mablag'imiz ham katta futbolchilarga etmaydi. 

- O'zingiz istagan futbolchilarni olib kela oldingizmi? Amalga oshmagan transferlar ham bormi?

- Ha, amalga oshmay qolgan transferlar ham bor. Bir qancha legionerlarni ko'rgandik, biroq ularning transferi o'xshamadi. "Nasaf"dagilar Sardor Bahromovni beramiz deyishgandi, biroq so'nggi pallada uning uyidagilari bu transferga qarshilik qilishdi. Jamoaga olib kela olmadik.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика