Mourinyu "Real" futbolchisini nishonga oldi
03 avg 18:40
Yangiliklar
Mourinyu "Real" futbolchisini nishonga oldi
Madridning "Real" klubi himoyachisi David Alaba Ispaniyadan Turkiyaga yo'l olishi mumkin.
Avstriyalik tajribali futbolchining transferiga Istanbulning "Fenerbaxche" klubi qiziqish bildirmoqda. Turkiya top-klubi madridliklar bilan futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar jarayoniga kirishdi. Alabaning transferiga shaxsan "kanareykalar" ustozi Joze Mourinyu qiziqish bildirmoqda.
Ammo, himoyachi hozirda Istanbulga ko'chib o'tish ishtiyoqida yonayotgani yo'q. Avstriyalik futbolchi keyingi mavsumni "qirollik klubi"da o'tkazmoqchi.
Futbolchining "Real" bilan mehnat shartnomasi kelasi yilning yarmigacha mo'ljallangan. 33 yoshli futbolchining narxi olti million evroga baholanmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик
Fikrlar