So’nggi yangiliklar

13:29"Реал" ПСЖ юлдузи учун катта миқдорда маблағ ажратди  0 12:58Адҳамзода "Нефтчи"га қайтмоқда  2 12:34Афсонавий Де Росси мураббийликка қайтиши мумкин  0 12:05Ўзбекистонлик ўсмирлар мундиалга қандай тайёргарлик кўрди?  2 11:16Златан охирги марта қачон йиғлаган?  2 10:45Эрик тен Хаг АПЛда иш бошлаши мумкин  5 10:16Гвардиола: "Умид қиламан..."   2 09:48"Барселона" бир шарт билан Маркус Рэшфордни сотиб олиши мумкин  4 09:20ПСЖ етакчиси "Бавария"га қарши учрашувни ўтказиб юборади  5 08:53"Барселона" ТОП ҳужумчини 65 миллион еврога сотиб олиши мумкин  5 08:26АПЛда навбатдаги истеъфо рўй берди  0 07:57Суперлига. Тошкент дербиси билан тур якунланади  20 07:45Ла Лига. "Бетис" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Антони иккита гол урди ва битта голли узатмани амалга оширди  5 07:30Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" навбатдаги турини ўтказади  7 02:45А Серия. "Милан" ва Рома" ўртасидаги ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  7

Aleksandr Stoymirovich: "O'yin kutganimizdan qiyinroq o'tdi" Yangiliklar

Aleksandr Stoymirovich: "O'yin kutganimizdan qiyinroq o'tdi"

O'zbekiston Kubogining 1-turi doirasida "Zomin"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" katta murabbiyi Aleksandr Stoymirovich fikrlarini bildirdi.

- Bugun kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilar bilan kichik tajribalar o'tkazib ko'rdik. Ularning boshqa poziciyalarda qanday ekanligini tekshirib oldik. O'yin kutganimizdan qiyin o'tdi. Yosh jamoa bizga yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Kubok o'yinlarida oldindan biror nima kutib bo'lmaydi, barcha o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Guruhdan chiqmagunimizcha o'yinlar osonroq bo'ladi. Jarohatlar bobida ham kichik muammolarimiz bor. Bu borada aniqlashtirib olinishi kerak bo'lgan ishlar talaygina. Jasur Hakimov oyog'ini sindirib olgan. Hozir Ivan Bulatovich ham oyog'idan muammosi borligini aytdi. Undan tashqari Ivan Rogachda ham muammolar bor. SHu sababli yangiliklar qilish kerak bo'lyapti. Kubokdagi navbatdagi uchrashuvlarga tayyorlanish kerak. CHempionatdagi katta pauza albatta, biroz yoqimsiz. Bunday paytda futbolchining jismoniy holatini, formasini ushlab turish qiyin bo'ladi. SHuningdek, doimiy ravishda mikrocikllarni o'zgartirish kerak. Umid qilamanki, O'zbekistonda bu bir kun kelib, o'zgaradi. Oldinga harakatlanishda davom etamiz. Navbatdagi uchrashuv "Olimpik Mobiuz"ga qarshi. Ular ham yosh va harakatchan jamoa. Guruhdan chiqishni ertaroq amalga oshirib qo'yish kerak. Albatta, bu ham oson bo'lmaydi. Keyin so'nggi o'yin "Qizilqum" bilan. Bu "Navbahor"ga qarshi o'yindan oldingi asosiy tekshiruv bo'ladi. Keyin, nihoyat, may oyida chempionat o'yinlari boshlanadi.



- Yakuniy hisob haqida fikringiz. Jamoa 1:0 hisobida g'alaba qozondi, undan tashqari gol penaltidan urildi.

- Gol penaltidanmi, jarimadanmi yoki o'yindan uriladimi, bu futbolning bir qismi. Penaltini haqli tarzda ishlab oldik, uni amalga oshirdik. Keyin ikkala jamoada ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Bugungi o'yin jamoa uchun ham yangilik bo'ldi, deyish mumkin. Masalan, futbolchi uzoq vaqt o'ynamasa, ularga ham qiyinroq bo'ladi. Lekin kim o'zini ko'rsatishiga qarab rejalarni tuzamiz va harakat qilamiz. Hisob - bu hisob, 1:0 - g'alaba.

- Yosh futbolchilar o'zini qanday ko'rsatmoqda?

- Bugun ular debyut qilgan bo'lsa-da, yuz yildan buyon "Lokomotiv"da. Bu ularning klubi, ular ushbu klub tarbiyalanuvchisi. Doimo ular o'zlarini ko'rsatishlari kerak.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика