So’nggi yangiliklar

03:03АПЛ. Бруну Фернандешнинг дубли ва МЮдан йирик ғалаба!  1 02:53"Торино" – "Милан". Пулишичнинг бенефиси ва "россонери"дан супер камбэк!  1 02:35"Реал"да Алонсо сўнгги ҳафталарда футболчиларга нисбатан "жуда юмшоқ" муносабатда бўлди деб ҳисоблашмоқда  0 02:00Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Одатда мен босиқ ва хушмуомаламан, аммо бу кучсиз эканлигимни англатмайди"  1 01:28Алиссон Салоҳ ҳақида: "Мо – "Ливерпуль" афсонаси ва ажойиб йигит. Биз жамоа билан ушбу қийин вазиятни енгишга ҳаракат қиляпмиз"  1 00:54МЮ Англия кубоги 3-босқичида "Брайтон"га қарши ўйнайди, "Тоттенхэм" – "Астон Вилла", "Челси" – "Чарльтон", "Арсенал" – "Портсмут", "Ливерпуль" эса "Барнсли" билан тўқнаш келади  0 00:30Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Бу мен учун кутилмаган ҳолат бўлди"  6 00:13АПЛ. "Вулверхэмптон" – "Манчестер Юнайтед". Асосий таркиблар маълум!  8 23:37"Ливерпуль" Салоҳнинг "Интер" билан ўйин таркибидан четлатилишини жазо деб баҳоламаяпти, бошқа интизомий чоралар ҳам кўрилмайди  3 23:00"Ливерпуль" Салоҳ билан боғлиқ вазиятни ўнглаш мумкин деб ҳисобламоқда  4 22:37ЖЧ-2026 ўйинларида об-ҳаводан қатъи назар, ҳар бир таймда уч дақиқалик сув ичиш учун танаффуслар бўлади  3 22:13Флик "Реал" ва "Сельта" ўйинини томоша қилмади: "Мен ухлаётгандим. "Барса" бор эътиборини ўзига қаратган ва "Мадрид" ҳақида гапиришни истамайди"  3 21:36"Маҳалланинг ўзида ўсган бола ҳам катта футбол саҳнасига чиқиши мумкин" — TBC Bank ва Элдор Шомуродов янги ҳамкорликни йўлга қўйди  6 21:30"Манчестер Сити"га қарши баҳсдан олдин Мбаппе чап қўлидаги бармоғини синдириб олди, аммо...  1 21:20Милитао узоқ муддатга сафдан чиқди  2

Maksim Shackix: "OCHLga optimal holatda boramiz" Yangiliklar

Maksim Shackix: "OCHLga optimal holatda boramiz"

Superliganing 16-turi doirasida "Andijon" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shackix matbuot anjumanida qatnashdi.

- Birinchi bo'lim biz istagandek o'tmadi. Shunda ham dastlabki 15 daqiqalik menga yoqdi. O'yin boshida nimalarni kelishgan bo'lsak, bular o'xshadi desak bo'ladi. Shundan keyin biroz ortda o'ynadik. Ko'rinib turgandiki, futbolchilarda bosim bor edi. Tribunada katta sonli muxlislar kelishgandi va ularning oldida futbolchilar hayajonlanishdi. Tanaffusda ayrim jihatlarni to'g'riladik. Keyin jamoa umuman boshqacha o'ynadi. Futbolchilarning oldiga gol urish asosiy vazifa sifatida qo'yildi va ishlar boshqacha ko'rinish oldi. Ikkinchi bo'lim uchun shogirdlarimni tabrikladim. Chunki ular tezlik qo'sha olishdi, to'pni tezroq harakatlantirishdi. Ikkinchi bo'limda barcha ishlarimiz o'xshadi. Afsuski maydon bunday holatda bo'lishini kutmagandik, chunki bir oy davomida bu erda bo'lmadik. Ko'proq kombinacion o'yin ko'rsatishni istagandik, lekin bu har doim ham o'xshamadi.

- G'alaba bilan tabriklayman. Yangi va eski futbolchilar bir-birini yaxshi tushunyaptimi?

- Bugungi o'yin uchun barchadan mamnunman. Bugun yangi futbolchilardan 5 kishi asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ayrim yangi futbolchilar yaqindagina jamoaga keldi. Barcha futbolchilarning darajasi yaxshi. Bugun o'zaro tushunishda muammo bo'lmadi. O'yindan-o'yinga barchasini yaxshilab boraveramiz.

- Shahzod Azmiddinovning jarohati bo'yicha: u qanday holatda?

- Uning holati yaxshi, jarohati yo'q. U "Paxtakor"dan keldi, mashg'ulot jarayoni u erda boshqacha. Shu sababli u boshqacha tayyorgarlikda bu erga keldi, shuningdek, u uzoq vaqt yoshlar jamoasi tarkibida bo'ldi. Yosh yigitlar oldida katta kuch bilan shug'ullanish juda qiyin. Aytganimdek, o'yindan-o'yinga barchasi o'zgarib boradi. Sunnatillo Hamidjonovda ham shunday holat. U juda ko'p mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. Ismoil Akinadeda katta pauza bo'ldi, shu sababli bungacha individual ishladi. Ularning barchasi sekinlik bilan qo'shib boradi. OCHLga optimal holatda boramiz.

- Darvozabonning bugungi o'yini haqida nima deya olasiz?

- U bugun juda zo'r o'ynadi. Epizodlardagi o'yin shunchaki zo'r.

- Bektemir Abdumannonov va Doniyor Abdumannopovni poziciyalarini almashtirib o'ynatsa bo'ladimi? Chunki Abdumannopov chap qanotda yaxshiroq o'ynardi.

- Albatta. Bu qarorni o'zlari chiqarishlari ham mumkin. Biz bu borada cheklov qo'ymayapmiz. Agarda raqib himoyachisi biror futbolchiga ko'nika olsa, albatta, almashishlari mumkin. Bu esa raqib himoyachilari uchun juda qiyinchilik tug'diradi. Bu ularning qarori. Ularga bu borada buyruq ham berish shart emas.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика