So’nggi yangiliklar

13:29"Реал" ПСЖ юлдузи учун катта миқдорда маблағ ажратди  0 12:58Адҳамзода "Нефтчи"га қайтмоқда  2 12:34Афсонавий Де Росси мураббийликка қайтиши мумкин  0 12:05Ўзбекистонлик ўсмирлар мундиалга қандай тайёргарлик кўрди?  2 11:16Златан охирги марта қачон йиғлаган?  2 10:45Эрик тен Хаг АПЛда иш бошлаши мумкин  5 10:16Гвардиола: "Умид қиламан..."   2 09:48"Барселона" бир шарт билан Маркус Рэшфордни сотиб олиши мумкин  4 09:20ПСЖ етакчиси "Бавария"га қарши учрашувни ўтказиб юборади  5 08:53"Барселона" ТОП ҳужумчини 65 миллион еврога сотиб олиши мумкин  5 08:26АПЛда навбатдаги истеъфо рўй берди  0 07:57Суперлига. Тошкент дербиси билан тур якунланади  20 07:45Ла Лига. "Бетис" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Антони иккита гол урди ва битта голли узатмани амалга оширди  5 07:30Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" навбатдаги турини ўтказади  7 02:45А Серия. "Милан" ва Рома" ўртасидаги ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  7

Zayniddin Tojiev: "Paxtakor" yaxshi o'ynamoqda, ammo jamoaga hujumchi etishmayapti" Yangiliklar

Zayniddin Tojiev: "Paxtakor" yaxshi o'ynamoqda, ammo jamoaga hujumchi etishmayapti"

O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi, hozirgi kunda "Zomin" klubi bosh murabbiyi Zayniddin Tojiev "Paxtakor"ning Elit OCHL doirasidagi "Al Vasl"ga qarshi bahsidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

- Bu mavsumda "Paxtakor"ning o'yini haqida qanday fikrdasiz?
- "Paxtakor" yaxshi o'ynamoqda. Oxirgi o'yinlarga qarasak, jamoa dinamik harakat qilmoqda, to'p tez yurmoqda. O'tgan yil bilan taqqoslaganda "Paxtakor" kuchsizlandi demagan bo'lardim.

- Ammo natijalar baribir yomonroq. Bu nima bilan bog'liq?

- Ko'zga tashlanayotgan asosiy muammo - markaziy hujumchining yo'qligi. "Paxtakor"ga hujumni yakunlovchi etishmayapti. Vaziyatni hal qiladigan odam yo'q. Jamoa vaziyatlar yaratmoqda va deyarli har bir bahsda raqibdan kuchliroq o'ynamoqda. Agar "Paxtakor" yil boshida sifatli hujumchi bilan shartnoma tuzganida, jamoa hozir chempionlik uchun kurashayotgan bo'lardi. Bunga shubham yo'q.
Himoyada ham kichik muammolar kuzatilgandi. "Paxtakor"ga birinchi davrada himoya markazida tajribali futbolchi etishmayotgandi, bu joyda faqat yoshlar o'ynashdi. Ammo Abdulla Abdullaev kelgach himoya mustahkamlandi. Balki, jamoada yana bir tajribali himoyachi kerakdir, u yoshlarga o'rnak bo'lardi.

- "Paxtakor" selekciyasi haqida qanday fikrdasiz?

- Aytganimdek jamoaga hujumchi kerak. Bu birinchi navbatda kuchaytirish kerak bo'lgan nuqta. Qolgan jabhalarda transfer oynasida yaxshi ish olib borildi: Abdulla Abdullaev himoya markazini mustahkamladi, markazga Bo'riev va Ibragimov olindi. "Paxtakor" tarkibni yoshartirish siyosatiga o'tganian xursandman. Bu keyingi yil o'z mevasini berishiga ishonaman. Agar futbolchilar bir-birlarini yaxshi tushunib ketishsa, chempionlik uchun kurasha oladi.

- Maksim SHackixning ishiga qanday baho berasiz?

- SHackix o'yinni yaxshilash ustida ishlayotgani ko'rinmoqda. Jamoa jismonan kuchli va har bir bahsda birinchi raqam bo'lib o'ynamoqda. "Paxtakor" uchrashuv davomida kamida 2-3 xavfli vaziyat yaratmoqda. Faqat realizaciyani yaxshilash kerak.
Bundan tashqari SHackixning oldiga mavsum boshida Superligada qolish vazifasini qo'yishgandi. "Paxtakor"da o'tgan yil oxiri va yangi mavsum boshida katta o'zgarishlar sodir bo'ldi: tajribali, yoshi katta futbolchilar ketishdi va ularning o'rniga yoshlar kelishdi. Tarkibni yosharganiga qarasak "Paxtakor" sifatli o'ynamoqda.
SHackix ikki marta "Paxtakor"ni chempion qilganini unutmaslik kerak. Hozir u va klub uchun yangi chaqiruv. Tarkibning bunchalik yangilanishi oson bo'lmagan jarayon. O'zgarishlarga qaramay, "Paxtakor" hamon medallar uchun kurashmoqda. Bu hurmatga loyiq jihat.

- "Al Vasl"ga qarshi bahsdan nima kutyapsiz?

- Tushunarliki raqib juda jiddiy. Ammo "Paxtakor"da hujumda imkoniyatlar bo'lishi aniq. Asosiysi - vaziyatlardan unumli foydalanish va himoyada tartibli o'ynash. Yaxshi tayyorlanish, raqibni o'rganish va o'yinga ishtiyoq bilan tushish kerak. Bunday o'yinlarda ko'p narsa ishtiyoqqa bog'liq.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика