Bahrom Haydarov: "Dastlabki ikki golni inobatga olmasak, teng o'yin bo'ldi"
03 avg 22:07
Yangiliklar


Bahrom Haydarov: "Dastlabki ikki golni inobatga olmasak, teng o'yin bo'ldi"
- Hamma ko'rdi, 3:0 hisobidan keyin bir nima deyish qiyin, bahona qidirgandek bo'lib qolishimiz mumkin. Ikkita golni inobatga olmasak, bugun maydonda teng jamoalar o'ynadi. Keyinchalik bu tahlilda ham ko'rinadi. Gapirish juda qiyin, juda ham og'ir hisob. Yutqazmasligimiz kerak deb o'ylayotgandim. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi. Ikkinchi bo'lim ham, lekin bu futbol. Raqiblarning indvidiual mahorati evaziga dastlabki ikki gol darvozamiga kirib ketdi. Bugun bizda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi. O'yin oldidan "Andijon" darvozabonini ko'rgandik, termadagi o'yinlari orqali ham bilardik. Bizda ham shunday darvozabonimiz bo'lishini istardik. U g'alabaga juda katta hissa qo'shdi. Chunki hisob 0:0 va 1:0 paytida bizda yaxshi vaziyatlar bo'lgandi. Darvozabon yarim jamoa deb aytishadi. "Andijon"ning boshqa futbolchilari ham yaxshi mehnat qilishdi. Lekin darvozabonni alohida takidlagan bo'lardim. Bizning himoya chizig'ini yaxshi desak, hisob to'g'ri kelmayapti. Bu o'yinni ko'rib chiqib, barchasiga baho beramiz. Hozir aniq gap gapirish juda qiyin.
- "Qo'qon-1912" ikkinchi bo'limda to'liq 5 himoyachi bo'lib o'ynadi.
- Raqib o'yinini taxlil qilganimizda ko'rdik, Abdumannopov va Abdumannonov keng o'ynaydi. Ularning OKMKga qarshi o'yinini ham taxlil qildik va shunga majbur edik. To'p bizda bo'lib turganida himoyada 3 kishi qoldi. To'p raqiblarda bo'lganida biz "Andijon"ning keng o'yini hisobiga shunday o'ynashga majbur edik. Shunday tayyorgarlik ko'rgandik. 5 himoyachi bo'ldi degani yutqazmasak bo'ldi degani emas. Barchasi tarkibning holatidan kelib chiqildi. Agarda o'yinni o'zgartira olganimizda taktikani ham o'zgartirardik. O'sha futbolchilar shunday o'ynashda davom etishdi, zaxiradan tushganlar ham. Barchasini o'rganib chiqamiz.
- Birinchi yoki ikkinchi goldan keyin 5 himoyachining birini olib tashlab, bir hujumchi tushirib, hujumga etibor bersa bo'lmasmidi?
- Ikkinchi goldan keyin, mening tushuncham bo'yicha, agarda besh himoyachi bo'lib qolsak, qanot himoyachilari oldinroqqa chiqadi. Bu sxemani qanot hujumchilari bilan qo'shib to'rt hujumchiga moslasa bo'ladi. Shu sababli o'zgartirish qilmadik. Yutqazgandan keyin noto'g'ri qildik deb o'ylashimiz mumkin. Hozir bu savolga javob berish qiyin.
- Ikkinchi davra yirik mag'lubiyat bilan boshlandi. Davralar oralig'idagi o'zgarishlardan ko'nglingiz to'ldimi?
- Uch yangi futbolchi asosiy tarkibda o'ynadi. Gadoev, Daci va Haydarov. Hujumchilarimiz gol urmadi. Hisob barchasini aytyapti. Ularni maqtashga ham ojizmiz. Gadoevning o'yini qovushmadi. Unga hali vaqt kerak. U transferlar oynasi tugashiga oz vaqt qolganida jamoaga keldi. Lekin Daci va Haydarov gol urmagan bo'lsa-da, raqibga bosim o'tkazdi. Gol ura olmadik, shu sababli ko'nglim to'lmadi. Ular ham mehnat qilishdi, yomon o'ynadi deb bo'lmaydi.
Ishqibozlardan uzr so'raymiz. Oxirigacha o'tirib, yutqazayotganimizda ham ketib qolmagani uchun muxlislarga katta rahmat aytaman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar