So’nggi yangiliklar

00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  4 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  0 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  3 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  10 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  2 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  9 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1

Zayniddin Tojiev - "Odil Junior"dagi faoliyat va "Zomin"ga o'tish haqida Yangiliklar

Zayniddin Tojiev - "Odil Junior"dagi faoliyat va "Zomin"ga o'tish haqida

O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Zayniddin Tojiev yaqindagina "Zomin" klubi bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.

Biz murabbiy bilan "Odil Junior"dagi faoliyati hamda "Zomin"ga o'tishi hususida suhbatlashdik.

- Siz uzoq vaqt davomida "Odil Junior"da ishladingiz. Nima uchun ketishga qaror qildingiz?

- Birinchi navbatda "Odil Junior" akademiyasida birga ishlagan barcha insonlarga rahmat aytmoqchiman. Sevimli ishim bilan shug'ullanish va yosh futbolchilarni rivojlantirish uslubini tubdan o'zgartirgan tajribali mutaxassislardan bilim olish imkoniyatini yaratib bergan Odil Ahmedovga alohida rahmat aytaman. Bu uslub esa o'z mevasini berishni boshlab yubordi – bu yil Akademiyaning 46 nafar futbolchisi turli yoshdagi terma jamoalarda o'ynashmoqda. 6 nafar futbolchi esa o'tgan yil Indoneziyada o'tgan U-17 Jahon chempionatida ishtirok etib qaytishdi. Yangi chorlovni qabul qilish vaqti kelgani uchun "Zomin"ga o'tdim.




- "Zomin" varianti qanday paydo bo'ldi?

- "Zomin" klubi strategiyasi "Odil Junior" akademiyasidagi ishlarning davomi hisoblanadi, faqat kattalar darajasida. "Zomin" jamoasi asosini 2006-2007 yillarda tug'ilgan yigitlar tashkil etadi.

- Jamoaning maqsadi hamda vazifalari qanday?

- Maqsadimiz bitta - yosh futbolchilarga kattalar futbolida imkoniyat yaratib berish va yangi SHomurodov, Husanov va Fayzullaevlarni chiqarish. Buning uchun mehnat va sabr qilish kerak, shundagina natija bo'ladi. Bundan tashqari raqib kim bo'lishidan qatiy nazar har bir o'yinda g'alaba uchun o'ynaymiz. Hozirgacha biz bir marta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Birinchi liga ishtirokchisi hisoblangan Sirdaryo FA jamoasini 9:1 hisobida mag'lub etdik. O'zbekiston kubogi guruh bosqichiga chiqish uchun bahsda Navoiy FA jamoasini 7:0 hisobida taslim qildik. Guruh bosqichida bizning jamoa "Lokomotiv" va "Qizilqum" kabi Superliga klublariga qarshi o'ynaydigan bo'ldi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика