Penaltidan foydalana olmagan Roys o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi
18 sen 2019 10:35
Yangiliklar
Penaltidan foydalana olmagan Roys o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys CHL doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Albatta, taassurotlar yaxshi emas. Men penaltini ura olmadim, bundan tashqari ham juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldik. Bitta gol ham bugun g'alabaga erishishimiz uchun kifoya edi.
Biz "Barselona"ga umuman hudud qoldirmadik va o'zimizning yaxshi o'yinimizni namoyish etdik", - deydi Roys.
Eslatib o'tamiz, dortmundliklar etakchisi o'yinning 57-daqiqasida penaltini aniq ijro etolmadi va yakunda nursiz durang qayd etildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar