So’nggi yangiliklar

15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  0 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  0 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  6 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  11 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  9 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  9 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  3 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  12 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   4

"Paxtakor" - "Nasaf". Turning markaziy uchrashuvi oldidan Kapadze va Murzoev qanday fikrda? Yangiliklar

"Paxtakor" - "Nasaf". Turning markaziy uchrashuvi oldidan Kapadze va Murzoev qanday fikrda?

Coca Cola Superliga 11-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" qarama-qarshiligi shubhasiz turning markaziy uchrashuvi hisoblanadi.

Bu ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuv har doim murosasiz va keskin o'tishi ajaralib kelgan. Ro'ziqul Berdiev o'z shogirdlarini kuchlir raqiblarga qarshi qanday tayyorlash kerakligini juda yaxshi biladi, umuman olgan "Nasaf" "Paxtakor" uchun so'ngi yillarda haqiqiy bosh og'riq bo'lib kelmoqda. Garchi tarkib va futbolchilarning mahorati borasida "Paxtakor" bir bosh ustun hisoblanishi "Nasaf" uchun hech narsani anglatmaydi. Muhimi o'yinga to'g'ri yondashuv va futbolchilardagi kayfiyat. "Paxtakor" bugun yaxshigina qarshilikka duch kelishini tahmin qilaman, o'tgan mavsum birinchi va ikkinchi davradagi uchrashuvlarda SHota Arveladze shogirdlari juda katta qiyinchilik bilan g'alaba qozonganini muxlislar yaxshi eslashsa kerak. Biz bu borada fikr va tahminlarni bilish maqsadida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va O'FU (O'zbekiston futbolchilar uyushmasi) rahbari Kamoliddin Murzoevga yuzlandik. Xo'sh, ular qanday fikrda?

Timur Kapadze, (O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi): - Mazkur jamoalar o'rtasidagi uchrashuv qiziqarli kechadi deb o'ylayman. To'g'ri, bu o'yinda "Paxtakor" favorit, tarkibda mahoratli va tajribali futbolchilar jamlangan. "Nasaf"ga oson bo'lmaydi, bu aniq. Lekin, Ro'ziqul aka har doim yaxshi jamoa shakllantirgan, yoshlarga tayangan holatda ish olib boradilar. "Nasaf" tarkibidagi yoshlar ham yaxshi, chiroyli, mazmunli o'yin ko'rsatib kelmoqda. Hozirda kim qanday holatda, o'yinga qay darajada tayyorgarlik ko'rganini bellashuv davomida guvohi bo'lamiz. Pandemiya sabab ko'p to'xtalishlar yuz berdi. Bu omil ham ko'p jamoalarga tasir qildi. Kimdir yaxshiroq tayyorlandi, kimdir tayyorgarlik jarayonida muammolarga uchradi. Turdan turga jamoalar jismoniy holatini yaxshilab bormoqda. 

O'yindan oldin kim yutadi yoki yutqazadi, bu bashorat bo'lib qoladi. O'yindan keyin natija boshqacha bo'lishi, kuchsiz jamoa kuchli jamoani yutib ham qo'yishi mumkin. Imkoniyatlarni chamalaydigan bo'lsam 60/40 yani "Paxtakor"da ustunlik bor.Bu erda murabbiylar ham o'zaro bir-birlarini yaxshilab o'rganib chiqishgani aniq. Ro'ziqul Berdiev ham raqibni kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilib chiqqan deb o'ylayman. Ruhiy faktor ham bor, yoshlar "Paxtakor" bilan o'yinda o'zini qanday tutadi, bosim va hayajon kabi omillarni ham hisobga olish lozim. Agarda yoshlar murabbiyini ko'rsatmalarini to'liq bajarsa "Paxtakor"ga qiyin bo'ladi. Omad,vaziyatlardan foydalanish faktorlarini ham o'yin davomida ko'ramiz. 

Kamoliddin Murzoev, (O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari): - O'ylaymanki, bizni qizg'in kurashlarga boy va qiziqarli o'yin kutib turibdi. Ikki jamoani imkoniyatlaridan kelib chiqsak favorit "Paxtakor" jamoasi. Nomdor futbolchilari bor. "Nasaf" jamoasini esa biz bilgan tarbiyalanuvchilari oxirgi paytlarda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Jamoada kayfiyat yaxshi ekanligini avvalgi uchrashuvlardagi natijalardan bilishimiz mumkin. "Nasaf" etarlicha qarshilik ko'rsatadi, faqat bunday darajadagi uchrashuvlarda sovuqqonlik bilan harakat qilish lozim. SHuningdek g'alabaga bo'lgan ishonchni ko'rsata olsalar bo'lgani. Bugungi uchrashuvda nomlar katta sahnaga chiqishini kutyapman. Jamoani ortidan ergashtira oladigan etakchilar bugun ko'p narsani hal qilishi mumkin.

Qadrli muxlis siz qanday fikrdasiz? 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика