"Liverpul" evrokubokda ilk bor angliyalik futbolchilarsiz tarkibni maydonga tushirdi
18 sen 2025 15:59
Yangiliklar
"Liverpul" evrokubokda ilk bor angliyalik futbolchilarsiz tarkibni maydonga tushirdi
"Liverpul" Chempionlar Ligasining birinchi turida o'z maydonida "Atletiko"ni mag'lub etdi (3:2).
Mersisaydliklarning boshlang'ich tarkibida birorta ham ingliz futbolchisi yo'q edi. Bu "Liverpul" uchun evrokubok doirasidagi 418 ta o'yinida birinchi marta sodir bo'ldi.

Bundan tashqari, 4 nafar niderlandiyalik futbolchi asosiy tarkibdan joy oldi – 2003 yildan beri niderlandiyalik bo'lmagan jamoada Chempionlar Ligasida bunday holat ilk bor uchradi, oxirgi marta "Barselona"da Klyuyvert, Overmars, Rayciger va de Bur dastlabki daqiqalardan boshlab maydonda birgalikda harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar