So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Kamoliddin Tojiev: "Paxtakor"ga qarshi barcha raqiblar 200%ga o'ynaydi" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Paxtakor"ga qarshi barcha raqiblar 200%ga o'ynaydi"

Superliga 21-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Neftchi" (2:1) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yinni yaxshi boshladik. Chetlatishdan so'ng himoyalanishga majbur bo'ldik, ammo gol ham urdik. Ikkinchi taym himoyalandik va Umarni maydonga tushirib, besh nafar himoyachi uslubiga o'tib oldik. Yigitlarga katta rahmat. Ular borini berishdi", - dedi Kamoliddin Tojiev bugungi g'alabadan so'ng.


- Bugun "Paxtakor"ga g'alabani qo'lga kiritishiga nima yordam berdi va "Neftchi"ga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Maqsadimiz bizni oldinga etakladi. Yigitlar ko'proq ochko to'plashimiz kerakligini tushunib turishibdi. Birinchi davrada ko'p ochkolar yo'qotdik. Endi esa xato qilishga haqqimiz yo'q. Bugun yaxshi himoyalandik. Shu sababli "Neftchi" deyarli vaziyatlar yarata olmadi.

- Ikki jamoada ham terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar bor edi. "Paxtakor" futbolchilari CAFA musobaqasidagi ko'plab uchrashuvlarni hisobga olgan holda futbolchilarda biroz charchoq alomatlari kuzatilishi tabiiy bo'lar edi. Biroq, bugun terma jamoaga chaqirilgan barcha futbolchilar ancha yaxshi o'yin namoyish etishdi. Masalan, gollarga Turg'unboev va Sergeevlar mualliflik qilishdi. Terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarning kutilganidan yaxshiroq o'ynashiga nima sabab bo'ldi?

- Bizda 15 nafar futbolchi terma jamoaga yo'l oldi. Yoshlarimiz ham U23 terma jamoasi safida saralash musobaqasida ishtirok etishdi. Ikki nafar futbolchimiz Iroq terma jamoasiga chaqirildi. Mening xavotirga solgan narsa jarohatlar edi, ammo iroqlik futbolchilarimiz jarohat bilan safimizga qaytishdi. Futbolchilarda charchoq sezilmadi. Sababi ular "Paxtakor" uchun bor kuchlarini topishadi. Ikki-uch kun tiklanishga harakat qildik.

- Terma jamoada "Paxtakor" futbolchilari ko'proq o'yin imkoniyatiga ega bo'lishdi. "Neftchi" futbolchilari esa asosan zaxirada qolib ketishdi. Qaysi jamoa futbolchilari Superliga bahslariga yaxshiroq tayyor bo'ladi deb o'ylaysiz? Terma jamoada o'ynagan yoki zaxirada qolib ketgan?

- Menimcha, ko'proq o'ynagan futbolchilar yaxshiroq holatda qaytib kelishsa kerak.

- "Paxtakor" Tojiev qo'l ostida nafaqat g'alaba, balki chiroyli o'yin va ko'proq gol urishga intilmoqda. Hisob kitob qilsak "Paxtakor" eng ko'p gol urgan jamoalardan biri. "Paxtakor" namoyish etayotgan tomoshabop futbol bazan zararga ham ishlamoqda. Masalan, hozir "Paxtakor" birinchi o'rindagi jamoadan 7 ochko ortda qolishi biroz adolatsiz. Jamoa namoyish etayotgan o'yin sifatiga qarasak. "Paxtakor" mag'lub bo'lgan o'yinlarda imkon qadar pragmatikroq yondashuv qilsa bo'lmasmidi yoki sizning falsafangiz faqat yirik hisobda g'alaba qozonishga intilishmi?

- Yo'q. Biz faqat g'alaba qozonish haqida o'ylaymiz. 5-6ta gol urish haqida o'ylamaymiz. Vaziyatlardan foydalana olganimiz tufayli ayrim o'yinlarda 5:0 yoki 6:0 hisobida g'alaba qozondik. Biz faqat g'alaba qozonish haqida o'ylaymiz. Men yigitlarga shuncha gol urish kerak degan vazifa qo'ymayman.

- "Nasaf" bilan farq 7 ochko va oldinda 9ta tur bor. "Paxtakor" chempionlik uchun kurashishga harakat qiladimi?

- Albatta. Barcha o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz va oxirigacha kurashamiz.

- FIFA kunlarida "Paxtakor" o'z stadionida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. "Paxtakor" stadionining hozirgi holati qanday va jamoa qachon o'z arenasiga qaytadi?

- Holati alo, ammo yana bir oy davomida kutish kerak. "Dinamo" bilan Kubok o'yini ham JARda bo'ladi.

- Superligadagi bir klub murabbiyi chempionat bahslaridagi so'nggi 7-8 turda g'alaba qozongan jamoa yakunda yaxshi natija qayd etadi degan edi. Ushbu fikrga qo'shilasizmi? "Paxtakor" endi qolgan 9ta turda borini beradimi? Hozir "Nasaf" bilan bo'lgan farq katta-ku...

- Biz 7-8ta o'yinga etibor qaratganimizda musobaqa jadvalida ko'tarilmagan bo'lardik. Biz barcha o'yinga maksimal yondashamiz. "Paxtakor"ga qarshi barcha raqiblar 200%ga o'ynaydi. "Paxtakor" futbolchilari har doim chempionlik uchun kurashib kelgan.

- Diyor Xolmatov o'tgan mavsumlarda ancha yorqin o'ynagan edi. Mening nazarimda, joriy mavsum unda pasayish kuzatilmoqda. Ushbu vaziyatni qanday to'g'rilash mumkin?

- Diyorga imkon qadar o'yin vaqtini taqdim etyapmiz. Mashg'ulotlarda esa unda o'zgarish yo'q. Futbolchi ko'proq o'ynash kerak, xolos.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика