So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Timur Kapadze: "Eron terma jamoasi qachon rozi bo'lgan o'zi?" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Eron terma jamoasi qachon rozi bo'lgan o'zi?"

Teglar :  Timur Kapadze
O'zbekiston hamda Eron terma jamoalari o'rtasidagi CAFA Nations Cup-2025 turniri finalidan so'ng g'olib jamoa ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Avvalo, hammani g'alaba bilan tabriklayman! Qiyin uchrashuv bo'ldi. Oson bo'lmasligini bilgandik, chunki hech kim yutqazgisi kelmasligi aniq edi. 


- Bugungi o'yin haqiqatan asabiy o'tdi. Hakamlik masalasida nima deya olasiz? Eronliklar juda norozi...

- Eron terma jamoasi qachon rozi bo'lgan o'zi? Har doim shunaqa bo'lgan. Bu ularga xos narsa. Bilmadim, epizodlarni ko'rmadim. VAR ko'rib chiqib, qaror qabul qildi. Kechirasizlar-u, Eronda ham bunday holatlar ko'p kuzatilgan. Eng asosiysi, g'alaba qozonishni uddaladik.


- Eldor Shomurodov astoydil harakat qilyapti, lekin o'xshamayapti...

- U yaxshi holatda edi. Kayfiyati ham, o'yinga yondashuvi ham joyida edi. Turnirga jiddiy yondashgandik. Eldorda tajriba bor, u yosh futbolchi emas. Undan yanada ko'prog'ini kutishlari tabiiy holat. 


- Birinchi taymda Eldor Shomurodov harakat qilayotganida havolatib to'p uzatishlar ko'p bo'ldi, ikkinchi taymda Igor Sergeev zaxiradan tushgach, o'yinda paslar asosan erdan berila boshladi... Bu haqda nima deya olasiz?

- Turlicha o'yin qilish kerak edi, pastdan ham, havodan ham. Ikkinchi bo'lim boshida ko'p xato qildik. Eron ham xatolarimizdan unumli foydalandi. Menimcha, ularni kutib olish zarur edi. Keyin ko'rsatma berdim va ekstra taymlarda boshqacha o'ynashga urindik.  


- Bundan oldingi savolni biroz to'ldirgan holatda aytmoqchimanki, ikkinchi bo'limda maydonda bo'ydor futbolchilar ko'p edi. Ikkinchi qavatdagi kurashlarda asosan Abbos faollik ko'rsatmoqda. Bu qandaydir yashirin rejamidi yoki tasodif?

- Albatta, Abbos Fayzullaev hujumda o'ynagani uchun shunday bo'ldi. Uning bo'yi pastligidan kelib chiqib himoyachilar unga ko'p etibor qaratmagandir. Menimcha, eng asosiysi, g'alaba qozonganimizdir.


- Turnir davomida har doim rotaciyaga qo'l urdingiz. O'tkir Yusupov jarohat olganida Vladimir Nazarovga imkon berdingiz. U bahsga Ergashevdan ko'ra yaxshiroq tayyormidi?

- Albatta, buni darvozabonlar murabbiyi bilan maslahatlashgan holda amalga oshirdik. Shuning uchun qo'rqmasdan uni maydonga tushirdik. Bu musobaqada ko'plab futbolchilarni sinab ko'rish imkoni bor edi. Hammaning imkoniyatlarini ko'rib oldik. Kimdir debyut qildi, kimdir uzoq vaqt o'ynamasdan, endi termaga qaytdi.   


- Shifokorlarning dastlabki xulosasiga ko'ra, O'tkir Yusupovning jarohati qanchalik jiddiy?

- Buni MRTdan so'ng bilib olamiz. Shifokorlar o'rganib chiqsa, tez orada hammasi aniq bo'ladi.

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика