Rustam Turdimurodov: "Surxon" hech qaysi jamoadan kam emasligini isbotlaymiz"

Iskandarov Abdulaziz
18 sen 2025
"Surxon" so'nggi uchrashuvlarda g'alaba nimaligini bilmayapti.

Jamoaning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 3 ta o'yinga etgan. Termizliklar bugun uyda "Mashal" bilan kuch sinashadi. Bu o'yinlar oldidan jamoa hujumchisi Rustam Turdimurodov fikrlarini bildirdi. 

- "Mashal" bilan o'yinga tayyorgarlik qanday ketyapti?

- Assalomu alaykum. Tayyorgarligimiz yaxshi o'tdi, ertangi o'yinga tayyormiz.

- "Surxon" oxirgi 3 ta o'yinda g'alaba qozona olmadi. Futbolchilarda bosim sezilmayaptimi, bu omil ta’sir qilmaydimi?

- Yo'q, hech qanday bosim yo'q deb o'ylayman. Ertangi o'yinga kelsak, biz maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz.

- Namanganda g'alabaga nima yetishmadi?

- Namanganda bizga faqat gol yetishmadi. Qolgan barcha ishlarni bajardik, ammo to'pni darvozadan o'tkaza olmadik.

- Oldinda "Paxtakor", "Dinamo", "So'g'diyona" kabi kuchli raqiblarga qarshi o'yinlar ham kutib turibdi. Taqvim haqida nima deya olasiz?

- Keyingi taqvim biz uchun qiyin, ammo bu jamoalarga munosib raqobat ko'rsatamiz va hech qaysi jamoadan kam emasligimizni isbotlaymiz.

- "Mashal" bilan o'yinda qaysi jihat hal qiluvchi bo'lishi mumkin?

- Menimcha, birinchi gol eng muhim bo'ladi. Gol urgan jamoa o'yin tizimini boshqaradi, shu bois u hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia