So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Timur Kapadze: "Sergeevdek hujumchimiz borligidan xursandman" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Sergeevdek hujumchimiz borligidan xursandman"

O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga "CAFA Nations Cup-2025" musobaqasining finalida Eron bilan kuch sinashadi.

Bugun mazkur uchrashuv oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda terma jamoamiz ustozi Timur Kapadze fikrlarini bildirdi. Unga Jamshid Iskanderov hamrohlik qildi. 

"Ertaga final. Yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Guruh bosqichi qiziqarli o'yinlarga boy bo'ldi. Xudoga shukur finaldamiz. Finalda ham yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz", - dedi Kapadze. 


"Kayfiyat yaxshi. Ertaga g'alaba qozonishga harakat qilamiz", - dedi Jamshid Iskanderov. 

- Eronni qanchalik o'rganib chiqdinglar? Ularda ham jarohat olganlar futbolchilar bor. Bu ertaga qanchalik tasir qiladi deb o'ylaysiz? 

- Eronni yaxshi bilamiz, yaxshi jamoa. Ularda ham kamchiliklar bor. Nasib bo'lsa o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Nafaqat Eron balki barcha jamoalarda jarohatlar bo'ldi. 

- Ertaga penaltilar seriyasi bo'lsa jamoa bunga tayyor bo'ladimi? 

- Penaltilar seriyasiga har taraflama tayyorgarlik ko'rish kerak. Agar vaziyat shunday bo'lsa unga tayyor bo'lamiz. 

- Shomurodov oxirgi o'yinlarda gol ura olmayapti. Sergeev esa ikkita o'yinda zaxiradan tushib ikkita gol urdi. Balki ertaga Sergeev asosiy tarkib tushar? 

- Eldor tarkibimizga kechroq keldi. Albatta Sergeevdek hujumchimiz borligidan xursandman. Futbol 90 daqiqa davom etadi. Shunday ekan ikkala taymda ham yaxshi hujumchi o'ynashi kerak. 

- O'zbekistonning o'yinlariga kutilganidan kam muxlis kelmoqda. Ertaga stadionga ko'proq muxlis kelishiga ishonasizmi? 

Jamshid Iskanderov - Menimcha stadion shahardan uzoq bo'lgani uchun kamroq muxlis keldi. Eron bilan o'yinda stadion to'la bo'lsa kerak. Futbolchilar shuni kutmoqda va bizga muxlislar daldasi kerak. Har holda ertaga final.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика