MYU Amorimning o'rniga boshqa murabbiy izlayotgani haqidagi xabarlar rad etildi
18 sen 12:20
Yangiliklar


MYU Amorimning o'rniga boshqa murabbiy izlayotgani haqidagi xabarlar rad etildi
"Manchester Yunayted" Ruben Amorimning kelajagi borasida bir qarorga keldi.
"GiveMeSport" xabariga ko'ra, klub bosh murabbiyni to'liq qo'llab-quvvatlaydi va uning o'rniga potencial o'rinbosar topish uchun hech qanday harakatga kirishgani yo'q.
Kuni kecha OAVda "qizil iblislar" muqobil nomzodlarni ko'rib chiqayotgani haqidagi xabarlar tarqalganiga qaramay, klub o'zining hozirgi menejeri va uning "Old Trafford"dagi uzoq muddatli loyihasiga to'liq sodiq ekani aytilmoqda.
Shunday qilib, Amorim boshqaruv kengashining to'liq ishonchidan bahramand bo'lishda davom etmoqda.
Avvalroq "Manchester Yunayted" "Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgani va uni Amorimga o'rinbosar sifatida ko'rayotgani xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar