UEFA Angliya klubini muxlislar banneri tufayli jazoladi
18 sen 12:54
Yangiliklar
UEFA Angliya klubini muxlislar banneri tufayli jazoladi
"Kristal Pelas" muxlislari Konferenciyalar Ligasi pley-off bosqichida "Fredrikstad"ga qarshi uy uchrashuvida tashkilot logotipi va evro belgisi ustida "UEFA – mafiya" deb yozilgan bannerni namoyish qildi.
Xuddi shu banner "Liverpul" bilan bo'lib o'tgan Angliya Superkubogi va "Chelsi"ga qarshi APL 1-tur o'yinida ham ko'ringandi.

UEFA muxlislarning tashabbusini qoraladi. Tashkilot obro'siga putur etgani va sport tadbirlarida taqiqlangan shiorlar ko'rsatilishi man etilganini eslatib, klubni 10 000 evro miqdorida jarimaga tortdi.
"Kristal Pelas"ning UEFA bilan munosabatlari futbol rahbariyatining klubni Evropa Ligasidan Konferenciyalar Ligasiga tushirish haqidagi qaroridan so'ng keskinlashgandi.
Futbol tashkiloti "burgutlar" va "Lion"ning egasi bir ekani, tashkilot nizomi bir xil egasi bo'lgan ikki jamoaning UEFA shafeligidagi bir turnirda ishtirok etishiga ruxsat bermasligini bildirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar