So’nggi yangiliklar

11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  2 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  2 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  0 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  2 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  7 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  9 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  12 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  5

"Paxtakor-79": Sirojiddin va qilichboz qiz Yangiliklar

"Paxtakor-79": Sirojiddin va qilichboz qiz

1976-1978 yillar davomida G.S.Titov nomli Respublika sport maktab-internati (hozirgi Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji)da tahsil olganman.

O'sha paytda bu maskanda respublikaning eng iqtidorli yosh sportchilari talim olishar edi. Birgina futbol bo'limining o'zida, keyinchalik bosh jamoa – “Paxtakor” va mamlakat yoshlar termalarida to'p surgan Dmitriy Roman, Gennadiy Denisov, Igor Povolyaev, Zafar Selimov, Igor Burov, Konstantin Novikov, Paxriddin Islomov, Vitaliy Jilkin, Hayitboy Irismetov, Toir Yoqubov, Surat Salimjonov singari yoshlar bilim olish bilan birga, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli to'p surishardi.

Toir va Surat bilan bir sinfda o'qiganmiz, qolganlar esa bizdan bir necha yosh katta bo'lgan va ularning o'yinlarini tribunadan miriqib tomosha qilardik. O'sha paytda ular safida yana bir yorqin iqtidor bo'lgan, biroq u endi katta futbolga kirib kelayotgan paytda, 18 yoshida mashum aviahalokat natijasida halok bo'lgan. Uning ismi-sharifi Sirojiddin Bozorov edi...

Sirojiddin aka bizdan 3 sinf yuqorida o'qirdi. Odatda bitiruvchi bo'lmish 10-sinf o'quvchilari malum obro'ga ega bo'lardilar. Ularning aytgani va buyrug'i qolgan barcha o'quvchilar uchun qonun edi. Sport sohasida ko'zga ko'rinib qolganlari uchun, hatto muallimlar ham ular bilan hisoblashishar edi. Sirojiddin aka esa etarli mavqega ega bo'lishi uchun bitiruvchilikni kutib ham o'tirmagan. 9-sinfligidayoq butun internatni “ushlab” qo'ygandi.

Yo'q, u urishqoq yoki zo'ravon emasdi. Samarqandlik bo'lgan bu yigit chapani ekani va haqiqatgo'yligi bilan obro' qozongandi. Futbolni zo'r o'ynardi (bejiz o'quvchilik paytidayoq “Paxtakor”ga qabul qilinmagan).

O'sha paytda butun internat bir sevishgan juftlikni muhokama qilardi. Sirojiddin aka bir qilichboz qiz (hozir uning ismini ochiqlash, nazarimda, unchalik to'g'ri emas) o'rtasidagi muhabbatdan barcha xabardor edi. Ularning uchrashuvlarda odob doirasidan chiqqanini hech kim ko'rmagan. Bu juftlik kechqurunlari internat hovlisidagi o'rindiqlarda uzundan-uzun suhbatlashib o'tirishar edi. Ichki nizomga ko'ra har bir sinfga tarbiyachi belgilangan va u o'quvchilarning vaqtida dars tayyorlashi va uxlashga yotishiga masul hisoblanardi. Lekin, yuqorida takidlaganimdek, Bozorovning obro'si juda yuqori edi va hech qaysi tarbiyachi uning bu “quloqsizligi”ga etiroz bildira olmasdi.

O'sha qizni hali ham yaxshi eslayman. Oppoqdan kelgan, durkungina toshkentlik qiz edi. Aynan shuning uchun ham, yani yashash joydagi tafovut tufayli yoshlar ko'pincha tortishib qolishardi. Sirojiddin aka unga uylanishini aytib charchamas, qiz esa ota-onasi uni Samarqandga uzatmasligini qayta-qayta takidlardi.

Biz ular tortishayotganini bitta “signal”dan bilardik. Sirojiddin aka 3-qavatda istiqomat qilardi va ko'pincha xonasidan yoqimli musiqalar eshitilardi. 1975 yili SHveciyaning ABBA guruhi “AVVA” nomli albomi bilan butun dunyo xit-paradlarining eng yuqori cho'qqisiga ko'tarilgan. 1976 yil Toshmuhamedov nomli Toshkent gramplastinka zavodi shu albomni o'zimizda chiqargan. Anqoning urug'iga aylangan ana shu plastinka Sirojiddin akada bor edi va u baland ohangda qo'yilganda biz sevishganlar tortishayotganini bilardik. Sokin paytda past tovushdagi sevgi izhorlarini hech kim eshitmagandek, ular tortishganda hamma ABBAni eshitardi, janjal mavzusi esa musiqa sadolari ortida qolib ketardi...

Xorij estradasiga qiziqishim o'sha paytda boshlangan. Hozirda uydagi kompyuterimda “shlyager” nomli papka bor va unda 80-yillar diskotekasidagi eng mashhur qo'shiqlar saqlangan. Bo'sh qolgan paytlarim yorqin xotiralar sifatida ularni eshitib turaman va navbat “AVVA” albomiga kelganda internatdagi sevgi afsonasini eslayman.

Mendan tashqari yana bir inson ham huddi shunday qilishiga ishonaman. Bu o'sha qilichboz qiz. U allaqachon nevara-evarali bo'lib ketgandir. Lekin avgustda ketma-ket ikki kunni o'tmish xotiralari bilan o'tkazadi. 10-avgust kuni uning birinchi muhabbati – Sirojiddin Bozorovning tug'ilgan kuni va u ABBA musiqasi ostida hayolan marhumni eslab pichirlab tabriklaydi. 11 avgust kuni esa “Paxtakor” halokatga uchragan kun. U yaratgandan Sirojiddin akasi bilan jannatda ko'rishishni iltijo qiladi...

Abror IMOMXO'JAEV.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика