So’nggi yangiliklar

00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  0 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  1 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:38"Леванте" — "Барселона". Таркиблар маълум  9 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  7 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40

O'zbekiston Avstraliyada Livan bilan durang o'ynadi Yangiliklar

O'zbekiston Avstraliyada Livan bilan durang o'ynadi

Avstraliyaning Gold Kost shahrida O'zbekiston va Livan o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyaning Gold Kost shahrida Livan bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'yinda ikkala tomon ham asosan himoyaviy harakat qildi. Birinchi taymda O'zbekiston ham, Livan ham aniq zarba bera olmadi. 

O'yinning 61-daqiqada Davron Hoshimov ikkinchi marta sariq kartochka olib maydonni tark etdi. Terma jamoamiz 10 kishi bo'lib qolgach butunlay himoyaga o'tib oldi. Faqat bahs oxirida ikkita vaziyatga ega bo'ldik. 

Eldorbek Suyunov bahs davomida uch marta jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi va qahramonga aylandi. 

20 noyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi shu stadionda Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.


O'rtoqlik uchrashuvi
O'ZBEKISTON - LIVAN 0:0
15 noyabr. Gold Kost. "CBUS Super Stadium" stadioni. 20:00 (Toshkent vaqti 15:00)
Hakamlar
: SHon Evans, Natan Makdonald, Jorj Lakrindis, Jarred Jillet (barchasi Avstraliya)

O'zbekiston: 12.Eldorbek Suyunov, 4.Davron Hoshimov, 5.Anzur Ismoilov (18. Doston Tursunov, 76), 3.Egor Krimec, 19.Vladimir Kozak (13. Oleg Zoteev, 65), 17.Doston Hamdamov, 16.Otabek SHukurov, 7.Odiljon Hamrobekov, 22.Javohir Sidiqov (6. Husniddin G'ofurov, 77), 8.Ikrom Aliboev (2. Akmal SHorahmedov, 54), 10.Marat Bikmaev (15. Aziz Turg'unboev, 73).
Zaxira: 25. O'tkir Yusupov, 20. Islom To'xtaxo'jaev.

Livan: 1.Mehdi Halil, 2.Qosim El Zeyn, 3.Mutaaz El Junaydi (11.Umar CHaaban, 85), 5.Nassar Nassar, 6.Joan Oumari, 7.Hassan Maatuk (8.Hassan CHaito, 89), 10.Muhammad Haydar (20.Robih Ataya, 68), 13.Feliks Melki, 15.Samir Ayass (12.Adnan Haydar, 77), 19.Aleksandr Melki, 22.Bassel Jradi.
Zaxira: 21.Mustafo Matar, 23.Abbos Hassan, 4.Nur Mansur, 14.Nodir Matar, 16.Hassan CHayto, 18.Volid Ismoil.

Ogohlantirishlar: Davron Hoshimov 25, Aleksandr Melki 26, Joan Oumari 86.

CHetlatish: Davron Hoshimov 61 (2SK)




Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


YANGILASH


90+3. Uchrashuv tugadi - 0:0.

90. ZARBAAA! Oleg Zoteevning chap oyoqda jarima maydoni yaqinidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

90. Azizbek Turg'unboev hujumda to'pni egallay olmadi va xatoga yo'l qo'ydi

89. Livanliklar hujumga o'tishdi, raqib futbolchisi yiqildi, hakamlar penalti belgilashmadi

87. Ogohlantirish. Livan. Joan Oumar

84. Livanliklar jarima to'piga ega bo'lishdi. Hassan Maatukning jarimadan yo'llagan zarbasini himoyachilarimiz qaytarishdi

80. Jamoamiz 10 kishi bo'lib qolgach umuman hujumga qila olmayapti

77. O'zgarish. O'zbekiston. Javohir Sidiqov o'rniga Husniddin G'ofurov maydonga tushdi

76. O'zgarish. O'zbekiston. Anzur Ismoilov o'rniga Doston Tursunov tushdi

75. Anzur Ismoilovga shifokorlar yordam berishmoqda

74. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Suyunov bir daqiqa ichida ikki marta jamoamizni goldan qutqardi! 

73. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Uchrashuvdagi birinchi aniq zarba! Eldorbek Suyunov to'pni qaytardi!

72. O'zgarish. O'zbekiston. Marat Bikmaev o'rniga Azizbek Turg'unboev tushdi

70. Livanliklar tinmay burchak to'pini amalga oshirishmoqda, hozircha natija yo'q

68. O'zgarish. Livan. Muhammad Haydar o'rniga Robih Ataya tushdi

65. O'zgarish. O'zbekiston. Vladimir Kozak o'rniga Oleg Zoteev tushdi

63. O'zgarish. O'zbekiston. Ikrom Aliboev o'rniga Akmal SHorahmedov tushdi

61. QIZIL KARTOCHKA! Davron Hoshimov ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi. Hoshimov o'z uslubida raqibni yiqitdi. Futbolchi terma jamoamizni qiyin ahvolda qoldirib ketdi. 

56. ZARBA! Sidiqovning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi!

55. Marat Bikmaev jarima maydoni yonida yiqitildi. Juda xavfli jarima to'piga ega bo'ldik

54. ZARBAA! Livanliklar jarima to'pini amalga oshirishdi, xavfli lekin noaniq

46. Ikkinchi taym boshlandi



45. Juda zerikarli va tushunarsiz o'tgan birinchi taym yakuniga etdi

41. Livanliklar birinchi taymning o'zida 4ta burchak to'pini tepishdi

40. ZARBAAAAAAAAAAA! Livanliklar hisobni ochishga yaqin kelishdi. Zarba darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. 

36. Uchrashuv tempi juda ham past. 

35. ZARBAAAAAAAA! Ilk xavfli hujum va ilk zarba. Doston Hamdamov o'ng qanotdan oldinga o'tib zarba berdi, to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi

31. Kechagi mashg'ulotlarda terma jamoamiz azosi Eldor SHomurodov jarohat olgan ekan. Bu haqda bugun malum qilishdi

30. Uchrashuvning 30 daqiqasi ortda qoldi. Lekin vakillarimiz bironta tuzuk hujum qilishgani yo'q.

26. Ogohlantirishl. Livan. Aleksandr Melki

25. Ogohlantirish. O'zbekiston. Davron Hoshimov

25. Davron Hoshimov Feliks Melkiga nisbatan qoida buzdi.

24. SHukurov jarima to'pini antiqa uslubda amalga oshirdi, himoyachilarni to'pni qaytarishdi

22. O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi hujumni boshlamoqda. Hamdamovga nisbatan o'yin qoidasi buzildi

15. Livanliklar ko'proq to'p bilan muomalada qilishmoqda. Hujumga o'tishga ko'proq ular urinishmoqda.

11. Jaloliddin Masharipov va Eldor SHomurodov bugungi o'yin qaydnomasiga kiritilmagan.

5. Hozircha hech bir jamoada tashabbus yo'q. Stadionda juda kam sonli muxlis bor. Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi muxlislarimiz "O'zbekiston! O'zbekiston!" deb baqirishmoqda!

3. DIQQAT! O'FA bergan Asosiy tarkibda xatolik ketgan. Doston Tursunov emas Doston Hamdamov asosiy tarkibda. 

2. Livanliklar dastlabki daqiqalarni

1.O'yin boshlandi.

- Madhiyalar yangradi

- Ikkala jamoa maydonga chiqib kelishdi

 




Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика