So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Superliga. "So'g'diyona" "Dinamo"ga qarshi o'yinda 102-daqiqada urilgan gol evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" "Dinamo"ga qarshi o'yinda 102-daqiqada urilgan gol evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Superliganing 20-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Dinamo" uchrashuvi yakunlandi.

"So'g'diyona" – "Dinamo" 1:1

20.08.2025, 20:00

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Capenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Mamur Ilhomov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: Husan Xudayberdiev

Komissar: Mamur Sultonov

Gollar: 0:1 – 29, Mahmud Mahamadjonov, 1:1 – 90+12, Lyupcho Doriev (penalti)

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Zoir Jo'raboev (18.Oybek Nurmatov, 56), 3.Islom Qobilov, 7.Xondamir Mustafoqulov, 8.Suhrob Izzatov (10.Shohruh Abdurahmonov, 46), 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev, 19.Javohir Qahramonov, 32.Nodirjon Soyibov (4.Otabek Ahadov, 81), 70.Jasur Jaloliddinov (28.Stanislav Andreev, 69), 98.Rubin Xebay (9.Samandar Mavlonqulov, 69)

Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 5.Behruz Jumatov, 23.Sardor Hoshimov, 99.Umidbek Sultonov.

"Dinamo": 27.Edem Nemanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Fransisko Ferreyra (23.Behruzbek Oblaqulov, 45), 8.Sanjar Qodirqulov (88.Marko Stanoevich, 61), 10.Anvarjon Hojimirzaev (9.Mirjahon Mirahmadov, 84), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov (11.Hislat Xalilov, 84), 25.Oybek O'rmonjonov (16.Richard Fraydey, 61), 55.Dmitriy Pletnyov, 77.Mahmud Mahamadjonov.

Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 12.Abduahadjon Hoshimov, 14.Bahodir Nasimov, 22.Ulug'bek Abdullaev

Ogohlantirishlar: Sanjar Qodirqulov (8), Filip Ivanovich (11), Mahmud Mahamadjonov (26), Oybek O'rmonjonov (54), Nodirjon Soyibov (71), Samandar Mavlonqulov (78), Jaloliddin Jumaboev (78)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+12. GOL! Doriev penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi!

90+11. Hakam "Dinamo" darvozasiga penalti belgiladi.

Hakam VAR monitori orqali ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda.

90+6. "Dinamo" jarima maydonida to'qnashuv sodir bo'ldi. Hakam o'yinni davom ettirishga ko'rsatma berdi.

90+2. Pletnyovning zarbasi noaniq.

90+1. Xalilovning zarbasini Mitrovich qaytardi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

89. Qahramonovning zarbasi noaniq.

87. Nemanovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

85. Nemanov birga-bir vaziyatda Dorievning zarbasini qaytardi.

84. "Dinamo"da ikki o'zgarish.

81. "So'g'diyona"da o'zgarish.

78. Mavlonqulov, so'ngra Jumaboev ogohlantirildi.

77. Kucherenko Dorievning zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

75. Hojimirzaev raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda aniq zarba yo'llay olmadi.

71. Jumaboev darvozasiga kirib ketayotgan to'pni qaytardi, qolaversa, ofsayd qayd etildi.

69. "So'g'diyona"da ikki o'zgarish.

68. Doriev burchak uzatmasidan so'ng Xebay bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

64. Abdusalomov darvozaga yaqin nuqtada aniq zarba yo'llay olmadi.

61. "Dinamo"da ikki o'zgarish.

60. Xebay hujumda qo'l bilan o'ynadi.

58. Mahamadjonovning zarbasi noaniq.

56. "So'g'diyona"da o'zgarish.

55. Mitrovich oldinga chiqib, raqib hujumini bartaraf etdi.

54. O'rmonjonov xavfli harakat uchun ogohlantirildi.

52. Dorievning yana bir zarbasiga aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "So'g'diyona"da o'zgarish.

Taym yakunlandi.

50. "Dinamo" darvozaboni to'pni qo'lida tushirib yuborgach, Doriev bo'sh raqib darvozasini ishg'ol qildi. Hakam o'yin qoidasi buzilgani bildirdi.

45+3. Xebay raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo unga uzatilgan to'pni bo'ysundira olmadi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.

45. "Dinamo"da  o'zgarish.

45. Qahramonovning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.

43. Ratino jarohat olib, maydonni tark etdi.

41. Doriev raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo Nemanov to'pni qaytardi.

39. Ratinoga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

35. Hojimirzaev ofsaydda qolib ketdi.

33. Qahramonovga nisbatan fol ishlatildi.

32. Mustafoqulov uzatmasidan so'ng Ivanovich bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

29. GOL! Hojimirzaevning zarbasini "So'g'diyona" darvozaboni qaytardi, qaytgan to'pni Mahamadjonov raqib darvozasiga joyladi!

27. Zarba! Hojimirzaev zarba yo'lladi, ammo qanot hakami bayroqchasini ko'tardi.

26. Jaloliddinovni to'xtatib qolgan Mahamadjonov ogohlantirildi.

24. Jaloliddinovning jarimadan uzatmasi noaniq.

24. Dorievga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

20. Qobilovga nisbatan fol ishlatildi.

19. Jaloliddinovning burchak uzatmasi O'rozov tomonidan qaytarildi.

18. Dorievning zarbasi Kucherenkoga tegib, maydonni tark etdi.

17. Qodirqulovning burchak uzatmasi qaytarildi.

16. Zarba! Ratinoning zarbasi rekoshet hosil qilib, darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

13. Hojimirzaevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

11. Ivanovich Hojimirzaevni yiqitgani uchun ogohlantirildi.

9. Dorievning uzatmasidan so'ng Qobilov bosh bilan zarba yo'lladi. Nemanov to'pni egalladi.

8. Qodirqulov ogohlantirildi.

8. Ratino markazda to'pni oldirib, Jaloliddinovga nisbatan fol ishlatdi.

6. Jaloliddinovning burchakdan uzatmasi Qobilovning bosh bilan yo'llagan noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

6. Xebayning uzatmasi O'rozovga tegib, maydonni tark etdi.

4. O'rmonjonovning zarbasi noaniq.

3. Hojimirzaev raqib jarima maydonida yiqildi, hakam Ivanovich qoida buzmaganini takidladi.

3. Mustafoqulovning uzatmasini Nemanov egalladi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "So'g'diyona" qora-oq, "Dinamo" och ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +5   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика