Oxirgi bir yil davomida eng ko'p haq olgan sportchilar reytingi elon qilindi (Forbes)
12 may 2021 19:56
Yangiliklar
Oxirgi bir yil davomida eng ko'p haq olgan sportchilar reytingi elon qilindi (Forbes)
Reytingda etakchi sifatida UFC yulduzi Konor Makgregor qayd etildi. U yil davomida 180 mln dollar ishlab olgan. Oktogondagi ishtirokidan 22 mln dollar haq olgan bo'lsa, qolgan daromad reklama va uning brendi ostida ishlab chiqariladigan alkogol ichimliklaridan kelgan.
Irlandiyalikdan keyingi o'rinlardan “Barselona” sardori Lionel Messi hamda “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu joy oldi. SHuningdek, PSJ etakchisi Neymar 95 mln evro bilan 6-pog'onani band etgan.
TOP-10 esa quyidagicha:
1. Konnor Makgregor (aralash yakkakurashlar) — 180 million dollar
2. Lionel Messi (futbol) — 130
3. Krishtianu Ronaldu (fotbol) — 120
4. Dak Preskot (amerikancha futbol) — 107,5
5. Lebron Jeyms (basketbol) — 96,5
6. Neymar (futbol) — 95
7. Rojer Federer (tennis) — 90
8. Lyuis Xemilton — (avtopoyga) — 82
9. Tom Breydi (amerikancha futbol) — 76
10. Kevin Dyurant (basketbol) — 75
Fikrlar