So’nggi yangiliklar

13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  0 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  8 12:30"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  5 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  5 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  6 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  11 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  22

"Yutqazish va xato qilishdan qo'rqib, muxlislarni zeriktirib qo'yishmasa bo'lgani" - Superkubok oldidan so'z Superliga matbuot kotiblariga Yangiliklar

"Yutqazish va xato qilishdan qo'rqib, muxlislarni zeriktirib qo'yishmasa bo'lgani" - Superkubok oldidan so'z Superliga matbuot kotiblariga

O'zbekiston Superkubogiga qiziqish har yilgidanda yuqori.

Sababi shuki, bunda azaliy raqiblar qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz. "Neftchi" - "Paxtakor" o'rtasidagi to'qnashuv oldidan esa so'zni Superliga klublari matbuot kotiblariga beramiz. 

Shuhratbek Jo'raev ("Andijon" matbuot kotibi) - Bu yilgi O'zbekiston Superkubogi juda qiziqarli va tomoshabop tarzda o'tishiga shubha yo'q. "Neftchi" va "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlarga azaldan hech kim befarq bo'lmagan. Bu safar esa o'rtaga sovrin tikilgan va bu o'yin darajasini ikki karra oshiradi. "Neftchi"ning chempionatning dastlabki uchta o'yinida ham g'alaba qozongani, "Paxtakor"ni esa o'tgan turda mag'lubiyatga uchragani va qolaversa, Supereubokni Farg'onaga qo'shni bo'lgan Andijonda o'tishi fonida "Neftchi"ning imkoniyatlari biroz balandroqdek baholanmoqda. Bundan tashqari, stadionda farg'onalik muxlislar "Paxtakor" fanatlariga qaraganda sezilarli darajada ko'pchilikni tashkil qilishi aniq. Biroq unutmaslik kerakki, "Paxtakor" ham o'z nomi bilan "Paxtakor". O'ylashimcha, ikkala jamoa ochiq va hujumkor o'yin ko'rsatadi, shunga yarasha gollarga boy o'yin bo'lishini kutyapman. Kuchligi yutadi!

Aziz Nuriy ("Nasaf", "Qizilqum" sobiq matbuot kotibi) - Superkubok haqida gapiradigan bo'lsam, har ikki jamoa ham sovrinlar muzeyiga yana bir kubokni qo'shishni istaydi. Shuning uchun qiziqarli va murosasiz o'yin bo'lishi aniq. Taxminimcha, bugun "Neftchi" g'alabani o'ziniki qiladi. Chunki jamoa chempionatdagi uchta o'yinni ham juda yaxshi o'tkazdi va yaxshi formada ko'rinmoqda. Qolaversa, o'yin vodiyda bo'layotgani ham "Neftchi" uchun ustunlik bo'lishi mumkin. Muxlislar ko'pchilikni tashkil qiladi va jamoa o'zini xuddi uyida o'ynayotgandek his qiladi.

Albatta, "Paxtakor" ham osonlikcha taslim bo'ladigan jamoa emas. Ularga ham sovrin juda kerak. Shunday bo'lsa-da, taxminim — 2:1, farg'onaliklar g'alabasi.

Sardor Nurov ("Nasaf" matbuot kotibi) - Jamoalarning chempionatdagi o'yinidan kelib chiqib aytganda "Neftchi" favorit. Lekin Superkubok 1 o'yindan iborat. Bunday bellashuvlarda har qanday natija bo'lishi mumkin. Imkoniyatlar 51/49.

Furqatbek Nishonov ("Bunyodkor" matbuot kotibi) - Har qanday jamoa bir uchrashuvdan iborat to'qnashuvga tayyorgarlik ko'ra oladi. U Birinchi liga yoki hatto Pro liga jamoasi bo'lsin, yoki Superliganing oxirgi o'rindagi klubi bo'lsin — buning farqi yo'q. O'tgan yilgi O'zbekiston Kubogi finalida "Buxoro" jamoasini misol qilish mumkin.

Hozirgi holatda Superligada "Neftchi" peshqadam. Biroq gap faqat tayyorgarlikda emas, "Paxtakor"ning darajasida ham. Doim aytganman: "Paxtakor" mavsumni omadsiz boshlasa ham, baribir chempionlik uchun kurashadi. Yakunda bu ko'p bor isbotlangan. Qolaversa, akademiyadan boshlab shakllangan tizimda "Paxtakor" degan tushuncha bor. Boz ustiga, hozirgi bosh murabbiyi uchun bu bosqichlar oddiy holat, chunki u bunday sinovlardan o'tib kelgan. Shuning uchun "Paxtakor"ning o'tgan turda yutqazgani yoki "Neftchi"ning peshqadamligi hech narsani hal qilmaydi. Menimcha, imkoniyatlar — 50/50. Hozircha ikki tomondan birini ustun qo'yish qiyin.

Agar o'tgan yilgi "Neftchi" bo'lganida, ehtimol, "Paxtakor"ning 1–2 foiz ustunligini aytardim. Ammo bu yilgi "Neftchi"da futbolchilar birga o'ynayotgan ilk mavsum emas. Tarkib yanada shakllandi va jamoa ancha qo'rqinchli ko'rinishga keldi.

Bosh murabbiy yosh, intiluvchan, harakatchan va hujumkor futbolni yoqtiradi. Shuning uchun jamoalar ehtiyotkor emas, balki ochiq o'yin ko'rsatishini istardim. Baribir qaysidir jamoa yutqazadi. Faqat yutqazishdan qo'rqib, yopiq o'yin orqali, xato qilishdan qo'rqib muxlislarni zeriktirib qo'yishmasa bo'lgani. Axir futbol muxlislar uchun o'ynaladi.


Malumot uchun, uchrashuv bugun 19:30 da "Bobur Arena"da start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

+5   
15 mar 12:59:15
Xojakbar Xaitov
Исмоиловни хакийкий ишини курамиз бугун Зеро хозир уни чизмаларини курганимиз йук Хозир тажрибали уйинчиларни хисобига галабалар бувотти
+2   
15 mar 12:49:08
Абдугаффор . N
Нефтчига омад! Чиройли хужумкор у́йин ва 3-0 галаба кутиб коламиз!
+1   
15 mar 13:28:04
uzb
Финаллар купинча зерикалироқ утади,хар 2 жамоа биринчи новбатда гол утказиб қуймаслик учун эхтиёткорлини ёқиб олиб уйнаса керак,голлар хам куп булмайди,узоғги билан 1та ёки 2та гол курсак керак,шахсий фекримча нефчи яққол фоворит,нефчини хужим чизиғида кучли ижрочилар жамланишган,пахтакорни химоясида мумамолар куп,лекин чемпионатда нефчи 3та кучсиз жамоани ютишган булсада уйинлари ута кучли эмасдек,бошқалардан ажралиб турган тамони куринмади,оддий уйин,юқорида такидлаганимдек индивидиал махоратли футболчилар эвазига нефчи 3 та уйини узини фойдасига хал қилиб кетди
   
15 mar 12:44:28
HALIM ARISTOCRAT
Natija qoladi chiroyli o'yindan ma'no yo'q 10 yildan keyin sovrinni chiroyli xujum qilib yutqazgan deb hech kim eslamaydi. Kuchlisi kim bo'lsa o'sha yutsin
   
15 mar 12:23:20
Xojakbar Xaitov
Пахтакор ютсаям ютгазсаям негативчиларни гапи таййор Пахтакор ютса Хакамлар йордам килди Нефтчи ютса халол ютди Яхшиям бу негативчиларни хакам тогалари бор
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика