Marushich: “Favoritmiz? Bugun bir lahza hammasini hal qilib yuborishi mumkin”
15 mar 17:01
Yangiliklar
Marushich: “Favoritmiz? Bugun bir lahza hammasini hal qilib yuborishi mumkin”
— “Paxtakor”ning natijalari ajoyib. O'tgan o'yinda “Navbahor”ga mag'lub bo'lishgani hech narsani anglatmaydi.
— Ertaga final, "Paxtakor"ga qarshi muhim o'yin. Umuman olganda, o'yinga tayyorgarlik qanday o'tdi?
— Hammasi rejadagidek bo'ldi. Chempionatda uchta o'yinda uchta g'alabaga erishgan holda yaxshi natija qayd etdik. Superkubok o'yiniga yaxshi kayfiyat va katta maqsadlar
bilan keldik. Ertaga yaxshi o'yin ko'rsatib, Superkubokni yutishdan umidvormiz.
— Ko'pchilik ertangi o'yinda "Neftchi" favorit bo'lishini taxmin qilmoqda. Xullas, natijalarga qaraymiz: uchta g'alaba, "Paxtakor" esa oxirgi o'yinda
“Navbahor"dan mag'lub bo'ldi. Siz bu fikrga qanchalik qo'shilasiz?
— Xo'sh, bu Superkubok, bu bitta hal qiluvchi o'yin. Bitta lahza butun o'yinni hal qilishi mumkin. Xatolarga yo'l qo'ymaslikka harakat qilamiz, bu bizning yutug'imiz bo'ladi.
Bu o'yinni yutishga harakat qilamiz va oxirigacha harakat qilamiz.
— O'tgan yili "Neftchi" chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa-da, ikkala o'yinda ham "Paxtakor"ga mag'lub bo'lgandingiz. Bu omil jamoaga qanchalik tasir qilishi mumkin yoki
baribir o'tgan o'yin kabi unutiladimi?
— O'tgan yili bo'lgan narsa o'tgan yili qoladi, chempionlik ham o'tgan yili qoldi. Bu yilga hisoblanmaydi. O'tgan yilgi chempionlikni oqlashimiz kerakligini
ko'rsatishimiz, isbotlashimiz kerak. O'z o'yinimizni maksimal darajada ko'rsatamiz va bu kubokni qo'lga kiritamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar