Oston O'runov "Ural"dagi ilk mashg'ulotida ishtirok etdi
07 sen 2022 12:20
Yangiliklar
Oston O'runov "Ural"dagi ilk mashg'ulotida ishtirok etdi
Mashg'ulotlar yakunlangach, jamoa matbuot xizmati hamyurtimizdan intervyu oldi.
- Ekaterinburgda ilk mashg'ulotingizni o'tkazdingiz. Taassurotlar qanaqa?
- Taassurotlar alo darajada. To'g'risi, hali hech kimni tanimayman. Ammo ko'rinib turibdiki, bu erda yaxshi atmosfera hukm surmoqda.
- Nega aynan "Ural"ni tanladingiz?
- "Ural" – barqaror jamoa. O'ynashim kerakligini tushunib etdim. Hozir ahvol biroz og'ir, o'ylaymanki, hammasini to'g'rilaymiz.
Klub stadioni va muxlislari ham yaxshi. Umid qilamanki, o'nglanib olaman.
Bir yarim oy individual tarzda shug'ullanganib bordim. "Torpedo"ga qarshi o'yingacha 1 haftadan kam vaqt qoldi. Xudo xohlasa, o'sha o'yinga tayyor bo'laman.
Eslatib o'tamiz, "Ural" keyingi tur o'yinini o'z uyida Hojimat Erkinov to'p tepadigan "Torpedo"ga qarshi o'tkazadi. O'ziga xos "o'zbek derbisi" Toshkent vaqti bilan 15:00 ga belgilangan.
Avvalroq Oston O'runov O'zbekiston terma jamoasidan taklif olgani malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar