So’nggi yangiliklar

18:58ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА (матнли трансляция)  88 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  0 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  15 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  10 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  1

Osiyo CHempionlar ligasi. Bugun 5-turga start beriladi (yangiliklar dayjesti) Yangiliklar

Osiyo CHempionlar ligasi. Bugun 5-turga start beriladi (yangiliklar dayjesti)

Jamoalarga oid yangiliklar bilan tanishib boring.

YANGILASH


Ertaga "Al Ayn" oq-binafsharang, "Paxtakor" sariq-qora liboslarda o'ynaydi.


"Al Ayn" bilan o'yindan oldin "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix va himoyachi Muhammadqodir Hamraliev matbuot anjumanida qatnashdi.

Maksim SHackix: - Biz bu erga nima uchun kelganimizni bilamiz. CHempionlar Ligasida hali imkoniyatga egamiz, bundan foydalanishga urinamiz. "Al Ayn"ni guruhda peshqadamlikni qo'lga kiritib bo'lgani bilan tabriklayman. Ular kecha BAA chempionatida ham kuchli raqib ustidan safarda g'alaba qozonishdi. Mezbonlar bemalol bosimsiz o'ynashi mumkin, lekin bizda ham shunday holat. CHunki mavsumda oldimizga qo'yilgan asosiy vazifani uddaladik - O'zbekiston chempionatida g'olib bo'ldik. Tarkibimizda bazi yo'qotishlar mavjud, ammo bemalol o'z o'yinimizni namoyish eta olamiz deb o'ylayman. Muxlislarga yoqadigan futbol ko'rsatib, eng muhimi zarur natija - g'alabani qo'lga kiritishga intilamiz. Barchasi qanday bo'lishini ertangi o'yin ko'rsatadi.

Muhammadqodir Hamraliev: - Biz mazkur bahsga yaxshi kayfiyatda etib keldik. Juma kuni O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdik. Bu bizga qo'shimcha ishtiyoq beradi va "Al Ayn"ga qarshi bellashuvda muxlislarimizni g'alaba bilan xursand etishga bor kuchimizni beramiz. Ichki muhit ajoyib holatda. Imkoniyatimiz bor, bundan foydalanib qolishga intilamiz.


Ernan Krespo "Paxtakor"ga qarshi o'yin oldidan quyidagicha fikr bildirdi:

"Amirlikning etakchi klubi bilan murabbiylik faoliyatimda yangi tarix yozishni intiqlik bilan kutyapman. “Al Ayn” ertaga Osiyo chempionatida mamlakat sharafini himoya qiladi. Men musobaqa jadvalini belgilamaganman, lekin ilk navbatda, o'z jamoamni barcha qiyinchiliklarga qarshi tayyorlash uchun masulman.

Tarkibdagi futbolchilarning ko'pchiligi Osiyo CHempionlar ligasida hali maydonga tushgani yo'q. SHu bois, bo'lajak uchrashuv ularning haqiqiy imkoniyatlarini ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyat deb hisoblayman. 

"Al Ayn"ning Osiyoning eng nufuzli turnirida pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgani bilan tabriklayman, hozirda futbolchilar bilan ko'proq tanishish ustida ishlayapman.

Ertaga kuchli futbolchilarga qarshi o'yin o'tkazamiz va yangi o'yinchilarga imkon beramiz. "Paxtakor" bilan to'qnash kelishga tayyormiz".


"Al Hilol" yarim himoyachisi Salim al Davsari "Navbahor"ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmasligi mumkin. Saudiyalik futbolchi hali to'liq tuzalib ulgurmagan, bugun uning salomatligiga oydinlik kiritiladi. 


Ruben Nevesh "Navbahor"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi:

"Biz qiyin bellashuvga tayyorgarlik ko'ryapmiz. "Navbahor" bilan o'z maydonimizda durang o'ynagandik. G'alabaga erishish uchun imkon qadar harakat qilamiz".


"Al Hilol" "Navbahor"ga qarshi o'yin oldidan "Al Hazm"ni 9:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdan so'ng "Al Hilol" bosh murabbiyi Jorji Jezush oldinda "Navbahor" va "Al Nassr"ga qarshi qiyin bahslari turgani, biroq OCHL bahsi muhimroq ekanligi, mazkur bellashuv etakchilik mavqei taqdim etishini takidladi.


Iordaniya terma jamoasining sobiq birinchi raqamli darvozaboni, hozirda "Al Faysali" klubi darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat ko'rsatayotgan Amir SHafi oilaviy sabablarga ko'ra O'zbekistonga kela olmadi.

Yodingizda bo'lsa, Amir SHafi 2011 yilgi Osiyo kubogi chorak finalida Ulug'bek Bakaevning ikkita zarbasi darvoza to'ridan joy olishiga to'sqinlik qila olmagandi.


"Al Faysali"ning "Nasaf"ga qarshi qaydnomasi

Darvozabonlar: Mehdi Xalil - Nur Bani Attia - Muhammad Al-Amvasi

Himoyachilar: Muhammad Klopp - Ehson Haddod - Anas Bani Yassin - Muhannad Xayrallah - Xossam Abu Al Zahab - Baraa Marey - Salim Al Ajlayn - Natan Mavilla

Yarim himoyachilar: Obaida Al Smarne - Xolid Zakariya - Nizor Al Rushdi - Xotam Al Rushdi - Yusuf Abu Jalbush - Qusay Al Mansuri

Hujumchilar: Amin Al SHenaina - Ahmad Abu SHaira - Adham Al Rifai - Orif Al Haj - Rizq Bani Hani - Rafiq Al Kamarji


OKMK klubining "Al Ittihod" bilan o'yin uchun qaydnomasi. Tarkibda katta yo'qotishlar bor.


"Nasaf"ga qarshi uchrashuv oldidan "Al Faysali" mamlakatning boshqa klubi "Al Ramta"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollar Al Mansuriy va Muhammad Al Qulub tomonidan urildi.

SHuningdek, jamoaning chempionat doirasidagi "Al Vihdat"ga qarshi o'yini boshqa muddatga qoldirildi.


Saudiya Arabistonining "Al Fayha" klubi chempionat doirasida safarda "Al Fath"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Klub 14 o'yinda 19 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 8-o'rinda bormoqda.  


"Paxtakor" klubining bo'lajak raqibi BAAning "Al Ayn" klubi kecha mamlakat chempionati doirasida Aziz G'aniev to'p tepadigan "SHabab Al Ahli" mehmoni bo'lib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvni Rafael Klaus boshchiligidagi braziliyalik hakamlar hakamlar brigadasi boshqarib bordi. "Al Ayn" 8 o'yindan so'ng 18 ochko jamg'argan holda 2-o'rinda bormoqda. 


Kecha "Nasaf" — "Al Faysali" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani o'tkazildi.

Ro'ziqul Berdiev: "Al Faysali"ning boshqa jamoalardan farqi bor"

"Al Faysali" bosh murabbiyi: "Guruhdan chiqishni istasak, g'alabadan boshqa yo'limiz yo'q"


SHuningdek, kecha tunda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi ham Namangan shahriga etib keldi


Kuni kecha Karim Benzema boshchiligidagi yulduzli tarkib "JAR" stadionida mashg'ulot o'tkazishdi.


Bugun Olmaliqda OKMK Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi bilan to'qnash keladi. Kuni kecha mazkur jamoalar ishtirokida mashg'ulot jarayoni va matbuot anjumani o'tkazildi. 

Mirjalol Qosimov: "Bunday nomlarni katta pul berib ham olib kela olmaysiz"

"Al Ittihod" bosh murabbiyi: "O'zbekiston U-17 terma jamoasi o'yinlarini kuzatib bordim"


SHarq mintqasidagi guruhlar holatini bilan tanishing.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Osiyo chempionlar ligasining 5-tur uchrashuvlariga star beriladi. Kun davomida jamoalarga oid malumotlar bilan o'rtoqlashib boramiz. Kechqurun esa klublarimiz ishtirokida uchrashuvlar matnli translyaciya shaklida etiboringizga havola etiladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика