So’nggi yangiliklar

21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  212 21:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  14 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  17 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  5 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  0 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  1 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  6 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  9 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0

O'rtoqlik uchrashuvi. Franciya – Angliya 3:2 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. Franciya – Angliya 3:2

Parijdagi “Stad De Frans” stadionida ko'xna qitaning eng kuchli jamoalari ishtirokida ajoyib uchrashuvda muxlislar ajoyib gollarga guvoh bo'lishdi.

Francuzlar o'z maydonlarida Angliya termasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

Franciya-Angliya 3:2.

Parij. "Park de Prens" stadioni.

Franciya – Loris, Varan, Mendi, Sidibe, Umtiti, Pogba, Kante, Lemar, Mbappe, Jiru, Dembele.

Angliya –Xiton, Jons, Stounz, Bertran, Keyxill, Alli, Oksleyd-CHemberlen, Sterling, Dayer, Tripper, Keyn.


1. UCHRASHUV BOSHLANDI....



GOLLLLLL!!!! Harri Keyin 9-daqiqada uchrashuvda hisobni ochdi 0:1. Mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishdi...



14-daqiqa. Olive Jiru to'pni raqib jarima maydonchasi ichida ajoyib tarzda to'xtatib oldi va kuchli zarbasi bilan darvozaga aniq yo'lladi. To'p darvoza to'riga borib tushdi. Ammo, lekin, biroq qanot hakami francuz hujumchisi to'pni qabul qilib olayotganida o'yindan tashqari holatda ekanligini qayd etib, bayroqchasini kutardi. OFSAYD!!!

16-daqiqa. Kilin Mbappe hujumdagi sherigi Usmon Dembeleni Angliya termasi posboni bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Ammo yosh futbolchi o'ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.. Francuzlar hujumkorlikni oshirishmoqda...

22-daqiqa. GOLL!!!!!! Samuel Umtiti o'yinda muvozanatni tikladi -1:1. Jiruning boshi bilan yo'llagan zarbasini Angliya termasi posboni qaytardi. Ammo takroriy zarbada Umititi imkon qoldirmadi... SHunchaki ajoyib bahs....


43-daqiqa. GOLLLL!!! Bu safar ham darvozabondan qaytgan to'pni maydon egalari samarali yakunlashdi. Jibriel Sidibe muvaffaqiyat qozondi - 2:1.


Parijdagi keskin va murosasi bahsda birinchi bo'lim yakunlandi. Dastlabki 45 daqiqalikda mezbonlar mag'lubiyatni g'alabaga aylantira olishdi...


Parijda kechayotgan bahsda ikkinchi bo'lim boshlandi..

47-daqiqa. Uhh. Mezbonlar ikkinchi bo'limni bir kishi kam bo'lib o'tkazishadi. Rafael Varan hakam tomonidan maydondan chetlatildi.

49-daqiqa. GOOLLL!!!! Harri Keyin yana bir bor klubdoshi, Franciya termasi posboni Ugo Lorisni dog'da qoldirdi- 2:2.



GOLLLLL!!!! Usmon Dembele!!!! Ajoyib gol va francuzlar yana hisobda oldinga chiqib olishdi - 3:2.

90+4. Uchrashuv mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi-3:2. Park De Prensda muxlislar beshta golga guvoh bo'lishdi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика