Aguero: "O'zimni murabbiy sifatida tasavvur qilolmayman"
22 avg 18:20
Yangiliklar
Aguero: "O'zimni murabbiy sifatida tasavvur qilolmayman"
"Manchester Siti" va Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Serxio Aguero jurnalistlarga kelajagi haqida gapirdi.
Aguero yana bir bor o'zini murabbiy sifatida umuman tasavvur qila olmasligini takidladi. Sobiq futbolchi bunday masuliyatli vazifa jiddiy tayyorgarlikni talab qilishini aytdi.
"Kelajakda "Manchester Siti"ga yordam bera olishim mumkin, lekin, masalan, qandaydir boshqaruv lavozimida. Ko'ramiz, keyin nima bo'ladi. Ayni paytda hozirgi loyihalarimdan juda mamnunman va ular juda ko'p", – deya qo'shimcha qildi Aguero.
Eslatib o'tamiz, Serxio Agueroning so'nggi jamoasi "Barselona" bo'lgandi. Argentinalik futbolchi 2021 yilning dekabrida yuragi bilan bog'liq muammolar tufayli faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar