So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

2 o'rindiqqa 3 odam Yangiliklar

2 o'rindiqqa 3 odam

26 avgust sanasida Toshkent shahrida futbol va futzal havosi bilan yashaydi.

O'sha kuni O'zbekiston kubogi chorak finali doirasida "Paxtakor" - "Mashal" hamda "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvlari bo'lib o'tishi kerak. Bundan tashqari, xuddi shu sanaga Proliga 13-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Olimpik MobiUz" bellashuvi belgilangan. Bonusiga aynan 26 avgust kuni "Humo Arena"da futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi ham bo'lib o'tadi. Bir kunda Toshkentda to'rtta o'yin bo'lib o'tishi kerak. "Paxtakor" o'z o'yinini "Jar" stadionida o'tkazadi, futzal "Humo Arena"da, Proliga o'yini "Do'stlik" stadionida o'tkaziladi. Savol: "Bunyodkor" o'z o'yinini qaerda o'tkazadi? Jenifer opa koncert berib ketganlaridan keyin "Bunyodkor" stadioni chimi tamirga muhtoj (vaholanki hamon chimni o'ziga keltirish uchun harakat boshlanmagan yoki harakat boshlangan harajat qilinmayapti), hech qanaqasiga futbol o'ynab bo'lmaydi. "Qaldirg'ochlar" nima qilishadi? "Do'stlik"da ham ikkita "Olimpik"ni o'zaro bahsi bor. Olmaliqdagi stadion? OKMK rahbariyatiga bu borada savol bilan murojaat qildik. Ular "Bunyodkor" - "Buxoro" o'yinini Olmaliqda o'tkazish haqidagi so'rovga rad javob berishganini aytishdi. Sababi, stadion chimining ahvoli yomonlashgani va asosiysi esa o'sha kuni Olmaliqdagi stadionga yondosh xududlarda Mustaqillik bayrami tadbirlari bo'lib o'tishi kerak ekan.

U holda "Bunyodkor" qaysi stadionda o'ynaydi? O'zi bir kunda Toshkentda bir emas, ikki emas, to'rtta o'yin o'tkazish qanchalik to'g'ri? Shu uchrashuvlarning hammasini yoritishni xohlagan OAV vakillari ulardan faqat bittasini tanlashga majbur bo'lib qoladiku, xodimlar bo'lingan taqdirda ham birdaniga to'rt o'yinga bo'lishga etarli jurnalist, fotograf va mobilograflar bo'lmasligi aniq. Shaxsiy fikrimcha, "Bunyodkor" - "Buxoro" bellashuvi bir kun keyinga ko'chirilishi mumkin. Boshqachasiga hammasi atala bo'lib ketadi. Yoshligimizda uchta o'rindiqqa to'rt kishi, keyingi bosqichida ikkita o'rindiqqa uch kishi musiqa tugaganda kim birinchi o'tirib olishga o'ynaladigan o'yin bo'lardi. 26 avgust kungi o'yindan "Bunyodkor" va "Buxoro" chiqib ketadimi shunda...

26.08.2025

"Paxtakor" - "Mashal", "Jar" stadioni

"Olimpik" - "Olimpik MobiUz", "Do'stlik" stadioni

BMB - "Oil Star", "Humo Arena"

"Bunyodkor" - "Buxoro"???


Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика