"Tottenxem" yarim himoyachisi 2026 yilgacha maydonga tushmaydi
22 avg 17:48
Yangiliklar
"Tottenxem" yarim himoyachisi 2026 yilgacha maydonga tushmaydi
London jamoasining shveciyalik yarim himoyachisi Deyan Kulusevski jarohati sabab bu yil jamoasiga yordam berolmaydi.
"The Guardian" xabariga ko'ra, 25 yoshli shveciyalik futbolchi jarohati tufayli bu yil maydonga tushmaydi. Yarim himoyachining tizzasidan olgan jarohati dastlab kutilganidan ham jiddiyroq bo'lib chiqdi.

Qayd etish joiz, "shporlar"ning yana bir kreativ hujumkor yarim himoyachisi Jeyms Meddison yaqinda o'zining xochsimon bog'lamini uzib olgandi.
Eslatib o'tamiz, Deyan Kulusevski o'tgan mavsum "Tottenxem" safida Angliya chempionatida 32 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgan. Shveciyalik futbolchi londonliklar tarkibida 2022 yildan buyon o'ynab kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar