"Everton" "Manchester Siti" himoyachisiga davogar
22 avg 19:22
Yangiliklar


"Everton" "Manchester Siti" himoyachisiga davogar
"Everton" rahbariyati yozgi transfer oynasida "Manchester Siti"ning niderlandiyalik himoyachisi Natan Akeni sotib olmoqchi.
"Daily Mail" malumotlariga qaraganda, mersisaydliklar yaqin kelajakda himoyani mustahkamlamoqchi. Buning uchun "irislar" "Siti"ning 30 yoshli futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi. Ayni damda mutaxassislar himoyachining transfer qiymatini 25 million evroga baholamoqda.
Akening Manchester jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Natan bungacha "Bornmut", "Chelsi", "Reding" va "Uotford" jamoalarida o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, Natan Ake o'tgan mavsum Angliya chempionatida 10 o'yinda qatnashgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar