Jo Koul APL mavsum favoritini aytdi
21 avg 2025 19:20
Yangiliklar
Jo Koul APL mavsum favoritini aytdi
"Liverpul"ni favorit deb hisoblayman. Ular kuchaydi, o'tgan mavsumda chempionlikni osonlik bilan qo'lga kiritdi. Menimcha, Arteta hozir g'alaba qozonish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega. Unga markaziy hujumchi sotib olib berishdi, ammo bu erda hali ham savol belgisi bor. Agar "Arsenal" Italiya va Turkiyada o'z maqsadiga erishgan Osimxenni sotib olganida edi...
Gyokeresh ustida ham hamon savol belgisi majvud. O'ylaymanki, u o'ynab ketadi, gollar uradi, lekin hozircha "Liverpul" eng kuchli jamoa bo'lib qolmoqda.
Raqiblar uchun eng yaxshi imkoniyat, agar "Liverpul" tarkibdagi ko'plab o'zgarishlar tufayli mavsumni sekin boshlasa bo'ladi, ammo mavsum oxiriga kelib mersisaydliklar to'liq tezlikni ishga tushiradi", – dedi Koul.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "Liverpul" Angliya chempioniga aylangan, "Arsenal" esa ikkinchi o'rinni band etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar