OFK Osiyo Kubogi-2023 musobaqasiga mezbon qidiryapti
31 may 2022 14:41
Yangiliklar
OFK Osiyo Kubogi-2023 musobaqasiga mezbon qidiryapti
Biroq Xitoy musobaqaga mezbonlik qilishdan bosh tortdi. SHu bois OFK yangi mezbonni aniqlab olish maqsadida barcha azo davlatlarga rasmiy xat yubordi. 2019 yil 4 iyun sanasida bo'lib o'tgan xalqaro Kongressda Osiyo Kubogi-2023 mezboni deb Xitoy elon qilingandi.
Biroq shu yilning 14 may kuni Xitoy qita birinchiligini o'zida qabul qila olmasligini rasman malum qildi. Endilikda OFK tez orada yangi mezbon nomini aniqlab olishi lozim bo'ladi.
Osiyo Kubogi taqvim bo'yicha kelasi yilning 16 iyundan 16 iyulga qadar bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan. Bunda 24ta milliy terma jamoa ishtirok etadi.
Dastlab OFK Kubogi mezbonligini qabul qilish uchun Xitoydan tashqari Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Hindiston va Eron kabi mamlakatlar ham ariza topshirgan, lekin yakunda OFK Xitoy variantida to'xtalgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar