So’nggi yangiliklar

12:25Отабек Жўраев: "Кубок финалига чет эллик ҳакамларни таклиф қилиш керак эди. Масалан, Италиядан. Дон Фабио ёрдам берган бўларди деб ўйлайман"  0 11:50Суперлиганинг 26-тур ўйинларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  3 11:35Абдуқодир Ҳусанов кечаги ўйиндаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 10:43МЮ 21 миллионга сотган футболчисини "Барселона" 90 миллионга сотиб олиши мумкин  2 10:20Шаҳбоз Жўрабеков: "Поезд кетиб бўлди, вақт ортга қайтмайди"  9 09:52​Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким ютқазиш учун ўйнамайди. Элит ОЧЛда яхши ўйнаш керак, аммо..."  2 09:37"Барселона" юлдузи узоқ муддатга сафдан чиқди  5 09:11Андижон ҳокими, Ортиқхўжаев ва Аҳмедов. "Пахтакор"га кубок топширилган тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  18 09:00Мадриднинг "Реал" клуби Винисиуснинг келажаги борасидаги позицияси маълум   11 08:32ОЧЛ 2. "Андижон" гуруҳида пешқадам ўзгарди  3 08:06Англия лига кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  4 08:05Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" – "Бухоро" 1:0  10 07:37Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади  11 03:07Германия кубоги. "Бавария" ва "Байер"да ғалаба  1 03:02Сенсация қайд этилмади, "Рома", "Ювентус" ва "Интер"да ғалаба  0

OFK kubogi-2022. "So'g'diyona" - yarim finalda! Yangiliklar

OFK kubogi-2022. "So'g'diyona" - yarim finalda!

OFK kubogi doirasidagi "So'g'diyona" - "Istern" uchrashuvi bo'lib o'tdi.



OFK kubogi. Interzonal yarim final

"So'g'diyona" (O'zbekiston) - "Istern" (Gonkong) - 1:0

6 sentyabr 2022 yil. Jizzax, "So'g'diyona" stadioni. 18:00

Hakamlar
: Axmal Al Ali, Abbos G'ulom, Abdulahadi Al Anezi (barchasi Kuvayt), Ali Reda (Livan).
Nazoratchi: Ismoil Safiri (Eron)
Komissar: Bashir Abdul Xoliq (Livan)

Gol: SHohruz Norxonov 85, - 1:0 (Vitaliy Denisov).

"So'g'diyona" (O'zbekiston): 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 6.Iskandar SHaykulov, 7.SHahboz Jo'rabekov (17.Husniddin G'ofurov, 73), 10.SHohruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov, 19.Javohir Qahramonov, 31.Luka CHermel, 39.SHavkat Salomov (26.Vitaliy Denisov, 55), 77.Daniel Nasriddinov (21.Abdujalil Manazarov, 55), 93.Darko Kolakovich.
Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 3.Dian Talxatov, 5.Ayubxon Nomanov, 20.Bahodir Nasimov, 28.Samandar Mavlonqulov, 29.Azamat Yunusov.

"Istern" (Gonkong): 1.Yapp Xung Fay, 2.Jojo Aleksander (5.Zu Kangming, 89), 3.Tamirlan Kozubaev, 4.Vu CHun Ming (42.Yueng Tung Ki, 89), 9.Viktor Bartameu, 11.Vong Xo CHun Anson (13.CHu Vai Kvan, 76), 16.Leung CHun Pong, 22.Leung Kvun CHung, 23.Sun Ming Xin, 27.Markos Gondra, 30.Vong Tsz Xo.
Zaxira: 26.Liu Fu Yuen, 55.Ma Xei Vai, 66.Li CHeuk Xin, 77.Li CHun Ting.

Ogohlantirishlar: Daniel Nasriddinov 9.
 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+4. Bahs yakunlandi, "So'g'diyona" yarim finalda! Uning raqibi ertaga aniqlanadi. Bu "Mohun Bagan" (Hindiston) yoki "Kuala Lumpur" (Malayziya) bo'ladi. 

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

85. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHOHRUZ NORXONOOOOOOOOV! Denisovdan ajoyib to'p uzatma va Norxonovdan gol! VIDEONI KO'RISH



82. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Norxonovning to'p uzatishidan keyin Qahramonov zarba berdi, "Istern" darvozabonidan ajoyib seyv!

77. "So'g'diyona"da navbatdagi hujum, ammo G'ofurov negadir erlatib to'p uzatdi

76. O'zgarish. "Istern". Vong Xo CHun Anson o'rniga CHu Vai Kvan

73. O'zgarish. "So'g'diyona". Jo'rabekov o'rniga G'ofurov tushdi

72. Xavfli vaziyat! "Istern"ning burchak to'pidan keyin Mitrovich darvozasi oldida xavfli vaziyat sodir bo'ldi, yaxshiki raqib hujumchilari to'pga zarba bera olishmadi

62. "So'g'diyona" ko'p hujum qilmoqda, ammo gol yo'q

55. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Jasur Hasanovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin darvozabon to'pni qaytardi! 



55. O'zgarishlar. "So'g'diyona". Nasriddinov va Salomov o'rniga Manazrov va Denisov tushdi

52. UXXX! Qahramonov ancha yo'l bosib kelib zarba bermoqchi bo'ldi, ammo himoyachi unga imkon bermadi!

47. Xavfli vaziyat! Norxonov yaqin masofadan boshi bilan noaniq zarba berdi!

46. Ikkinchi taym boshlandi




45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

44. ZARBAAA! Qahramonovning uzoqdan yo'llagan zarbasi juda xavfli chiqdi!

40. UXXXXX! "So'g'diyona" darvozasi oldidagi ilk xavfli vaziyat! Mitrovichdan seyv!

37. ZARBAAAAAAAAAA! Norxonovning bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi! Hozirgacha o'yindagi eng xavfli vaziyat! 

31. UXX! CHermel chap qanotdan to'pni uzatdi, himoyachilar to'pni maydondan chiqarib yuborishdi. Burchak to'pi

28. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Hasanov to'pni jarima maydoniga uzatishga urindi, to'p raqib himoyachisining qo'liga tegdi, hakam indamadi.

22. ZARBAAAA! CHap qanotdan CHermelning zarbasi xavfli, lekin noaniq ketdi! 

14. ZARBA! SHavkat Salomov jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi raqib himoyachisining qo'liga tegib qaytdi, hakam penalti yo'q dedi

11. ZARBA! Jasur Hasanovning zarbasi o'xshamadi, to'p yuqoridan ketdi



10. UXXXX! "So'g'diyona"da xavfli jarima to'pi. Jo'rabekov jarima maydoni yonginasida yiqitildi.

9. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Daniel Nasriddinov

5. Tashabbus va to'p nazorati "So'g'diyona" tomonida.

1. O'YIN BOSHLANDI!



- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика