"Nyukasl" etakchilaridan biri uzoq muddatga safdan chiqdi
22 mar 2024 11:40
Yangiliklar
"Nyukasl" himoyachisi Sven Botman 6 oyga safdan chiqdi, deya xabar berdi "The Athletic".
Futbolchining xochsimon bog'lami operaciya qilinadi. Niderlandiyalik futbolchi sentyabr oyida tizzasidan jarohat olgandi. Futbolchi konservativ davolanish vaqtida 2 oyni o'tkazib yubordi. Ammo jarohat o'tgan hafta – "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda yana qaytaladi.

Endi Botman jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazishga majbur, shundan so'ng tiklanish uchun yarim yil kerak bo'ladi. Binobarin, himoyachi joriy mavsum yakuni va Evropa chempionatini o'tkazib yuboradi.
24 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 22 ta o'yin o'tkazib, 2 ta to'p kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar